Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya La Ligasining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Barselona” 15-avgust, yakshanba kuni “Real Sosyedad” bilan kuch sinashdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Kamp Nou”da kechgan o‘yinda umumiy hisobda 6 ta gol kiritildi. “Barselona” safida Martin Breytueyt dublga erishgan bo‘lsa, Xerard Pike va Serji Roberto o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning javob gollariga esa Xulen Lobete va Mikel Oyarsabal mualliflik qildi.

Shu tariqa Ronald Kuman boshchiligidagi katalon klubi yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi. Qayd etish o‘rinli, ushbu uchrashuv “Barselona” uchun Lionel Messi jamoadan ketganidan keyingi ilk rasmiy o‘yin bo‘ldi.

“Atletiko M” “Selta” maydoniga safar qildi va Anxel Korreaning dubli evaziga g‘alabani tantana qildi.

La Liga

1-tur bahslari

15-avgust, yakshanba

“Barselona” — “Real Sosyedad” 4:2

Gollar: 1:0 – 19 Pike, 2:0 – 45 Breytueyt, 3:0 – 59 Breytueyt, 3:1 – 82 Lobete, 3:2 – 85 Oyarsabal, 4:2 – 90+1 Serxi Roberto.

“Barselona”: Neto, Dest (Emerson, 71), Pike, Erik Garsiya (Arauxo, 83), Alba, Buskets (Niko Gonsales, 83), de Yong (Serxi Roberto, 71), Grizmann, Breytueyt, Depay, Pedri.

“Real Sosyedad”: Remiro, Saldua (Gorosabel, 66), Elustondo (Pacheko, 81), Le Norman, Munyos, Silva (Bautista, 46), Yanuzay (Barrenechea, 46), Merino, Subimendi, Portu (Lobete, 66), Oyarsabal.

Ogohlantirishlar: Subimendi (37), Buskets (57), Elustondo (61), Munyos (62), Le Norman (78), Niko Gonsales (84).

“Selta” — “Atletiko” 1:2

Gollar: 0:1 – 23 Korrea, 1:1 – 59, penalti Aspas, 1:2 – 64 Korrea.

“Selta”: Dituro, Malyo, Arauxo, Fontan, Galan (Baesa, 89), Denis Suares, Tapiya (Solari, 75), Mendes (Beltran, 74), Nolito (Servi, 62), Aspas, Santi Mina.

“Atletiko”: Oblak, Savich, Ximenes, Ermoso, Lyorente (Lodi, 82), Saul, Koke (Trippyer, 66), Kondogbia, Lemar (de Paul, 65), Karrasko (Vrsalko, 90), Korrea (Suares, 65).

Ogohlantirishlar: Lemar (11), Lyorente (57), Kondogbia (61), Denis Suares (77), Solari (86), Fontan (90), Karrasko (90), Aspas (90), Ximenes (90).

Chetlatishlar: Malo (90+6), Ermoso (90+6).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati