Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

12-avgust kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimligida Xalq deputatlari Guliston tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda ishtirok etgan viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Guliston tumani hokimi lavozimiga Saydimqul Begimqulov nomzodini Xalq deputatlari Guliston tuman kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etgan.

Saydimqul Begimqulov 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan va shu yillar davomida viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishda samarali faoliyat yuritgan. 2012-yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Deputatlar reglamentga muvofiq Guliston tuman hokimi lavozimiga Saydimqul Begimqulovning nomzodini bir ovozdan ma’qullagan.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, sessiyada tuman sektor rahbarlarining ham faoliyatlari qayta ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, tuman prokurori lavozimiga Dilshod Sangirov, IIB boshlig‘i etib Shodiyor Ibragimov, tumanning Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga esa Xasan Farsaxanov tayinlangan.

Avvalroq Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?