Jizzaxda Malibu olmoqchi bo‘lgan fuqaro 300 million so‘mga chuv tushdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, viloyatning Sharof Rashidov tumanida yashovchi, qurilish korxonasi rahbari bo‘lgan I.T. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 300 million so‘mga chuv tushganligini bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilning iyul oyida Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida yashovchi E.N. o‘ziga tegishli Malibu’ni arizachining nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 300 million so‘m olgan. Mashinani ikki yil kutgan I.T. aldanganini tushungach, ichki ishlar organlariga ariza yozishga qaror qilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.