Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Karantin qoidalarini bajarishga majbur bo‘lmagan YPX xodimi” hamda “Jizzaxda YPX xodimlariga qonun o‘qitilganmi?” sarlavhasi ostida tarqalgan videolar yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 31-iyul kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimi A.Norqulov tomonidan Jizzax shahar, Sharof Rashidov shohko‘chasida 1.1 yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlangani uchun Spark rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilgan.

Haydovchiga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan qog‘oz shaklidagi bayonnoma va haydovchi bayonnomaga imzo qo‘yishdan bosh tortganligi sabab dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

O‘zaro muloqot jarayonida haydovchi tomonidan YPX xodimi tibbiy niqobini to‘liq taqmaganligi va rasmiylashtirilgan bayonnomadan nusxa olishga ruxsat bermaganiga e’tiroz bildirilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Bundan avval Toshkentda haydovchini haqorat qilgan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani, Olmaliqda YPX xodimi “25 marta radarga to‘lagan” qoidabuzar ayolni “Abdurazzoq aka”dan bo‘lgan qo‘ng‘iroq sabab qo‘yib yuborgani hamda Sirdaryoda YPX xodimining “vstrechniy” yurgani tasvirlangan videoni tarqatgan haydovchi qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi
Mahalliy
Turkiyada 22 yoshli o‘zbek fuqarosi vatandoshlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda (video)
Dunyo
AQSH Ukrainadagi urush jinoyatlari bo‘yicha xalqaro tribunal yaratishni qo‘llab-quvvatladi