Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Samarqand shahrida uchta uyda yong‘in kelib chiqdi. Ularning biri deyarli to‘liq yonib ketgan. Bu haqda STV telekanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, 72 yoshli Saida Sattorova uch haftadan buyon ochiq osmon ostida — maktab bog‘ida tunashiga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirda ayol va uning oilasi Samarqand shahridagi 3-umumta’lim maktabi hududiga joylashgan. Bunga 9-iyul kuni yangi gaz hisoblagichini o‘rnatish paytida kelib chiqqan yong‘in sabab bo‘lgan.

O‘sha kuni ertalab uy egalari huzuriga payvandchilar kelib ASKUG tizimiga ulangan “aqlli” hisoblagichni o‘rnatishlari haqida ogohlantirgan. Nafaqaxo‘rning aytishicha, o‘rnatish jarayoni boshidan noto‘g‘ri ketgan. O‘rnatuvchi tomonidan yong‘inga qarshi choralar ko‘rilmagan. Payvandchilar gaz quvurini kesishni boshlaganda, kichik yong‘in chiqqan.

25 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida olov deyarli butun uyni qamrab olgan, avval yonida gaz qurilmasi o‘rnatilgan do‘kon yongan. Olov tobora ko‘proq maydonni qamrab olib, qo‘shni uylarga o‘ta boshlagan. Voqea oqibatida 100 kvadrat metr maydondagi maishiy texnika va mol-mulk butunlay yonib ketgan.

O‘sha kuni Sattorovlar oilasida gaz hisoblagichini o‘rnatish 2008-yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Maroqandgazhisoblagichservis” MChJ xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Korxona tender orqali uylarga gaz hisoblagichlarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Korxona rahbari Shahobiddin Shirinov aybni tan olib, yetkazilgan zarar miqdori bir milliard so‘mga yaqin ekanini ma’lum qildi. U yonib ketgan uyni tiklashga iloji boricha yordam berishini qayd etdi.

Hodisa joyiga “Hududgaz” Samarqand gaz filiali direktori Olim Isoqulov ham keldi. Uning fikricha, moddiy zararning asosiy qismi pudratchi tomonidan qoplanishi kerak.

Ta’kidlanishicha, Saida Sattorovaning uyi yaqin ikki oy ichida to‘liq tiklanadi.

Bundan avval Sergelidagi omborxonalardan birida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, ushbu tumandagi novvoyxona va oshxonada yong‘in sodir bo‘lgani hamda Qo‘qonda bir-biriga tutash 5 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi