Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 5 ta xonadonda yong‘in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Foto: Farg‘ona viloyati FVB

Qayd etilishicha, 2021-yilning 30-iyul kuni soat 06:12 da Qo‘qon shahar Omonlik va Baynalmilal jangchilar ko‘chalari bilan birlashgan bir-birga yaqin 5 ta xonadonda yong‘in kelib chiqqan.

Sodir bo‘lgan yong‘inga yong‘in-qutqaruv ekipajlari 06:17 da yetib borib, 06:29 da yong‘in o‘rab olinib, 08:47 da to‘liq o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘inda fuqarolarning jabrlanishi va halok bo‘lish holatlari mavjud emas. Hozirda tegishli mutaxassislar tomonidan yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bundan avval Samarqandda 5 ta xonadonda yong‘in yuz bergani, Yunusoboddagi ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘lgani hamda Namangandagi hovlida yong‘in chiqib, uchta qo‘shnining uyiga ham zarar yetgani haqida xabar berilgandi.