Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samsung kompaniyasi elektron sanoat tarixi haqida so‘zlovchi The History of the Electronics Industry that Changed the World nomli multiplikatsion serialni taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

YouTube orqali hozirda Semyuel Morze va telegrafning yaratilishiga bog‘liq birinchi qismni tomosha qilish mumkin. Keyinroq kanalda Jon Berd va televideniye Aleksandr Bell va telefon, Jeyms Xarrison va muzlatkich, shuningdek, Uilyam Shokli va yarim o‘tkazgichlar haqida yana to‘rtta qism paydo bo‘ladi

Video ingliz tilida bo‘lib, subtitrlar ham shu tilda yozilgan. Serialning boshqa tillarda ham taqdim etilish yoki etilmasligi hozircha noma’lum.

Avvalroq oq-qora rasmlarni rangliga aylantira oladigan Telegram-bot yaratilgani, MyHeritage sayti fotoportretlarni xuddi “Garri Potter”dagi kabi “jonlantirish”ni o‘rganib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)