Toza ichimlik suvi Coca-Cola’dan qimmat bo‘lgan dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri – Qatar fuqarolarining 99 foizi shahar aholisi hisoblanadi. Shuningdek, Qatarda xorijliklar mamlakat fuqaroligini ololmaydi va spirtli ichimliklar savdosi ham taqiqlangan. Barcha oziq-ovqat mahsulotlari boshqa mamlakatlardan keltirilishi tufayli shaharda yashash ham shunga yarasha mehnatni talab etadi.

Asli qozog‘istonlik bo‘lgan Alina uchuvchilik faoliyatini olib borayotgan turmush o‘rtog‘ining kasbi tufayli Qatarda bir yildan ko‘proq vaqt davomida yashab kelmoqda. Bu vaqtgacha oila Turkiya, Ispaniya va amirliklarda bo‘lib qaytgan. Alina neftga boy ushbu mamlakatda sayyohlar nima qilish kerakligi haqida o‘rganganlari bilan birin-ketin bo‘lishadi.

Qatarda kiyinish uslubiga alohida e’tibor qaratish lozim

Foto: Instagram / @alinka_mustafinka

Qatarga ko‘chib o‘tganimizda bu yer ham amirliklar kabi ekanligi, shunchaki haddan oshmaslik kerakligini bildim. Ammo bu yer biroz konservativligi ma’lum bo‘ldi. O‘tgan yoz mavsumida tizzamdan uzun ko‘ylak va ikkita yopinchiq sotib olishga to‘g‘ri keldi. Chunki mening butun boshli shkafimda bu kabi kiyimlar o‘rin olmagan.

Shu bilan birga, turar joy majmuasida istagancha yurish mumkin. Chet elliklar uchun Pearl mavjud, u yerda har qanday ko‘rinishdagi libosni tanlasa bo‘ladi. Ammo savdo markazi, eski bozor va jamoat joylarida yelkangiz va tirsaklar ko‘rinmasligi lozim.

Mamlakatning oilaviy hayoti haqida ikki og‘iz so‘z

Tanishlarimning ko‘pchiligida taxminan 10 ta aka-uka, opa-singillar va kamida 2 ta onasi bor. Ya’ni ularning otalari odatda ikki marta turmush quradi. Aytgancha, ikkinchi nikoh uchun birinchi xotinning ruxsati kerak. Agar u qarshi bo‘lsa, unda rasmiy nikoh bo‘lmaydi. Do‘stlarimdan birining otasi ikkinchisiga uylanishni istagani uchun onasi uni tashlab ketdi. Ular rasmiy ravishda hali ajrashmagan, lekin bir oila bo‘lib ham yashamaydi. Ayol Londonga ketdi. Bu degani, barcha arab ayollari ham turmush o‘rtog‘ini boshqalar bilan “bo‘lishish”ga rozi bo‘lavermaydi.

Hozirgi avlod bir vaqtning o‘zida bir nechta xotin olishni xohlamaydi. Yoshlar uchun ajrashish va keyin boshqasi bilan turmush qurish osonroq.

“Bitta xotinni eplash o‘zi ancha qiyin, lekin ikkitasi – bu insultga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l, — deydi mahalliy bir yigit. — Va, tabiiyki, men yashashni xohlayman. Qolaversa, ikkisini ham birdek ta’minlash kerak. Birinchisiga Lexus, ikkinchisiga ham shunday...”.

Qatarda yoshlar uchrashuvga chiqadimi?

Rasmiy ma’lumot: Qatarda turmush qurishdan oldin ota-ona yoki qarindoshsiz uchrashish taqiqlanadi. Ammo norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi mahalliy tanishlarim uchrashuvga borishga muvaffaq bo‘lgan. Eng asosiysi, ko‘plab juftliklar oila a’zolaridan biri ko‘rib qolishi mumkin bo‘lgan jamoat joylarini tanlamaydi.

“Uchrashuvlarni mamlakatdan tashqarida amalga oshirish mumkin. Masalan, men Londonga tez-tez uchaman. Shuning uchun bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bilan tez-tez uchrashaman. Kinolarga tushamiz, qayiqda sayr qilamiz va birgalikda ovqatlanamiz. U yerda qarindoshlarim yoki qiziquvchan ko‘zlar yo‘q”, – deya fikr bildirdi qatarlik qiz.

Yana bir variant bor – yashirincha uchrashuv! Faqatgina ular yaqin bo‘lmaydi. Yigit qahvaxona derazasi yonidagi stolda, qiz esa xonaning boshqa bir burchagida bo‘ladi. Ularni faqat bir-biriga qarab, telefon orqali muloqot qilishidan payqash mumkin. Bu kabi joylarda uchrashish maqsadida tashrif buyurgan yoshlar orasida ko‘plab sujetlar mavjud, hattoki film suratga olish ham mumkin.

Dunyoning eng boy mamlakatlaridan birida kun kechirish qanchaga tushadi?

Qatar – bu qimmat mamlakat. Agar erimning ishdagi ajoyib ijtimoiy paketi bo‘lmaganida, bizning bu yerda tirik qolishimiz amri mahol edi.

Ro‘yxatni kompaniya biz uchun to‘laydigan narsalardan boshlayman:

  • chiroyli mebellar majmuasiga ega kvartira, lekin dengizdan olisda, shu jumladan, kommunal to‘lovlar ham mavjud. Kvartira – oyiga 3500 dollar (arzonroq, qimmatroq – bu uy-joy maydoniga bog‘liq);
  • katta yoshdagi bola uchun maktab – yiliga 8300 dollar;
  • maktabga avtobus – oyiga 230 dollar.

Endi hamyonimizdan sarflanadigan oylik xarajatlar:

  • enaga va xizmatkor – 800 dollar;
  • oziq-ovqat mahsulotlari – taxminan 900 dollar;
  • benzin – 100-130 dollar;
  • uy uchun internet va ikkita telefon – 200 dollar;
  • o‘yin-kulgi va har qanday rejadan tashqari sarf-xarajatlar – 200-300 dollar.

Natijada 4 kishilik oilamiz kvartirada ijarasiz va maktab uchun pul to‘lamay, 2200-2300 dollar sarflaydi, ammo bu umumiy hisob. Aslida, rostini aytsam, u har doim ko‘proq chiqadi.

Qatarda yashashning salbiy tomonlari

Aytganimdek, narxlar baland va kiyinish qoidalari qat’iy. Avvalo, biz iqlimning o‘ziga xos xususiyatlariga o‘rganib olishimiz kerak. Mahalliy aholi hazillashganidek, Qatarda ikki fasl bor: yoz va juda issiq yoz. Garchi bu yerda yozning boshi bo‘lsa ham, biz charm kurtkalar kiyamiz. May oyining oxiridan oktabr oyining o‘rtalariga qadar tashqarida 40-50 °C va yuqori namlik.

Uy ishlarida yordam beruvchi ayolni uzoq izladik

Yaqin Sharqqa nafaqat kompaniya tomonidan to‘lanadigan kvartira, balki bolalarning o‘qishi tufayli ko‘chib o‘tmoqchi edim. Men har doim uyda yordamchim bo‘lishini orzu qilardim – u enaga, u o‘ng qo‘l, oyoq va xaloskorim bo‘lsa. Bu yerdagi oilalarda bu kun tartibidir.

Yordamchilar bu yerda hamma narsani qiladi: ular bolalar bilan shug‘ullanadi, uyni yig‘ishtiradi. Agar omadlari bo‘lsa, ular ham ovqat tayyorlaydi. Ammo bundayini qidirish bir necha oy, hatto yillab davom etishi mumkin.

Qatarda keniyalik bir ayol bizda bir muncha vaqt ishladi. Unda hammasi yaxshi va hech qanday muammo yo‘q edi. Afsuski, bizning Judi ofisdan ish topdi. Hozirda filippinlik Edna — enaga. Kecha turmush o‘rtog‘im bilan sayr qildik, kichik farzandim uxlagandi, kattasi enaganing nazorati ostida Lego o‘yinchoqlarini o‘ynadi. Sayrdan qaytganimizda salat va kechki ovqat tayyor, uylar esa ozoda edi – qanday yaxshi!

Maktab

Men onalik ko‘zyoshi bilan katta farzandimning maktabga boradigan birinchi kunidan oldin uning shimini dazmolladim. U 4,5 yoshda, ammo mahalliy bolalar allaqachon 3 yoshida maktabga boradi. Dastlabki 2 yilda tayyorgarlik dasturi, so‘ngra “birinchi sinf”ga qabul qilinadi.

Qatarda yaxshi maktabga kirish lotereyada g‘olib chiqishga o‘xshaydi. Yaxshi ta’lim dargohlari hamma joyda ham mavjud emas.

Barcha sinflar harflar bilan emas, balki mamlakatlar bilan nomlanadi. Biz Hindistonni tanladik. Sinfda 19 ta bola bo‘lib, ularning barchasida bitta o‘qituvchi va bitta yordamchi bor. O‘qituvchilar asosan Angliyadan, ammo boshqa mamlakatlardan ham bor. Maktabda futbol maydoni, tennis, basketbol, musiqa studiyasi va bir nechta o‘yin maydonchalari mavjud.

Bolalarda o‘qishga muhabbatni kuchaytirish uchun ko‘pincha darslar maktab kutubxonasida o‘tkaziladi. Bolalar yostiqlarga o‘tirib o‘qiydi. Shuningdek, dengizda muzey va pikniklarga sayohatlar mavjud. O‘g‘lim esa maktabga borishdan juda xursand. ⠀

Qatarda yomg‘ir yog‘ishi haqiqiy mo‘jizadir

Vatanimdagi yomg‘ir juda katta voqea, lekin bu yerdagisi — osmon mo‘jizasi. Yomg‘ir yog‘ganda xodimlar ishlarini tark etadi, derazalar oldida to‘planadi va katta tomchilarning yerga qulashini tomosha qiladi. Hamma uy haqida o‘ylaydi: qanday qilib Moskva, London, Toshkent yoki Olmaotada yomg‘ir yog‘ayotgani, odamlar qanday qilib ishdan uyga shoshilayotgani, boshlarini turli rangli soyabon va sumkalar ostida yashirganliklari, ko‘lmaklardan sakrab o‘tishgani haqida fikr yuritadi.

Ba’zan bu yerdagi otlarga hasad qilish mumkin

Foto: AdMe

Qatarda suzadigan otni hayotimda birinchi marta ko‘rdim! Va u buni o‘zi uchun mo‘ljallangan maxsus basseynda bajardi. Yugurish yo‘lakchasida otni ham ko‘rdim. Va keyin otlar uchun jakuzi, sport zal, massajchi ham mavjud.

Bu yerda zotni saqlab qolish, mashg‘ulotlar, ko‘rgazmalar va musobaqalar uchun otlar yetishtiriladi. Va qatarliklar buni juda jiddiy qabul qiladi. 24 soat davomida faqat otlar uchun shifoxona, mehmonxona, organik oziq-ovqat restorani, ot poygalari va arenalar mavjud.

Qatarga qanday taassurotlar bilan borish kerak?

“Ha, u yerda butun yil davomida issiqlik! Cho‘l! U yerda nima qilish kerak?”

Aytgancha, issiq ob-havo bu yerda faqat iyundan sentabrgacha kuzatiladi. Ammo oktabrdan maygacha siz dengizda suzish, besh yulduzli mehmonxonalarda dam olish va ulkan savdo markazlarida xarid qilish kabi an’anaviy o‘yin-kulgilarni tanlashingiz mumkinligi bilan bir qatorda, quyidagilar urinib ko‘rishga arziydi:

  • eski arab bozorining tor ko‘chalari orasida adashib, Qatarda neft hali topilmagandan beri shu yerda ishlab yurgan yukchilar bilan uchrashish;
  • fransuz me’mori Jan Nuvel tomonidan loyihalashtirilgan “cho‘l atirguli” shaklida yaratilgan Milliy muzeyga tashrif buyurish:
  •  sun’iy yarimorolda joylashgan Islom san’ati muzeyiga borish.