Ushbu mazali ichimlik shirinlik o‘rnini bosa oladi. Shuningdek, ta’bga ko‘ra istagan rezavorlarni qo‘shish mumkin.

Foto: Lifestyle

Kerakli mahsulotlar:

  • banan – 1 dona;
  • muzqaymoq – 200 gramm;
  • sut – 1/2 stakan;
  • shakar – 50 gramm;
  • quyiltirilgan sut – 60 gramm;
  • yalpiz, rezavorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Banan va rezavorlar bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Barcha mahsulotlar blender yordamida yaxshilab aralashtiriladi.
  3. Tayyor bo‘lgan kokteyl yalpiz va boshqa mevalar bilan bezatiladi.