Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahridagi Jurabek Laboratories qo‘shma korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Korxona 48 million flakon infuzion eritma, 480 million dona ampula, 60 million dona quruq antibiotik, 20 million dona liofilizatsiya qilingan dori shakllarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Bu yerda GLP laboratoriyasi mavjud, xalqaro GMP standarti joriy etilgan. Korxona tomonidan 300 turdan ortiq dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 15 dan ortiq xorijiy davlatga eksport qilinmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi pandemiya davrida juda muhim bo‘lgan remdesivir, favipiravir, geparin, enoksaparin kabi dorilar ham ishlab chiqarilmoqda.

Biotexnologiyalar sohasida monoklonial antitanalar turidagi dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollarlik yangi loyihaga kirishilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Korxonada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda. Davlat rahbari shu boradagi texnik imkoniyatlar bilan tanishdi.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda yangi mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygani hamda Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” konini borib ko‘rgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi