Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tez ovqatlanish restoranlari global tarmog‘i Burger King O‘zbekiston bozoriga kirmoqda. Bu haqda Spot bir nechta manbalariga tayanib xabar berdi.

Foto: NRAI

Foto: NRAI

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi franshiza Burger King Uzbekistan bo‘lib, uning franchayzeri Moskva bo‘ladi. Hozirda Toshkentda Burgerhouse MChJ kompaniyasi ro‘yxatga olingan, uning ustav fondi 1 milliard so‘mga teng. Shuningdek, xodimlarni ishga olish boshlangan. Kompaniya ushbu ma’lumotlarni “Gazeta.uz”ga ham tasdiqlagan va litsenzion kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Kompaniyaning aniqlashtirishicha, Toshkentda birinchi filial 2021-yilning oxirigacha ochilishi rejalashtirilmoqda, lekin pandemiya bunga ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Qayd etilishicha, restoranning ma’muriy-boshqaruv personali (direktor va menejerlar) uchun o‘quv mashg‘ulotlari Moskvada bo‘lib o‘tadi. Filiallar qayerda joylashishi bo‘yicha ma’lumot hozircha yopiq.

Burger King allaqachon O‘zbekistonda o‘zining intellektual mulkini himoya qilgan (2014-yilda), lekin 17-may kuni kompaniya yana ikkita tovar belgisini ro‘yxatga olgan. Hozirda ular ko‘rib chiqilmoqda.

Burger King 1954-yilda AQShda tashkil topgan. Gamburgerlarga (asosan vopperlar) ixtisoslashgan tez ovqatlanish restoranlari tarmoqlari orasida dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda jahondagi eng yirik muzqaymoq-kafelar tarmog‘i Baskin-Robbins tez orada O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi, “Chorvoq” turistik zonasiga McDonald’s, Starbucks va Burger King’ni taklif etishga qaror qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi