Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘istonda joylashgan Sudochye ko‘lida 27-iyul kuni soat 15:00 larda qamishzor yongani aniqlandi.

“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi Qo‘ng‘irot tuman inspeksiyasi va qo‘riqxonaning davlat inspektorlari tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

“Yong‘in sodir bo‘lgan yerda qamish o‘sadi, yong‘in ko‘l o‘rtasida sodir bo‘lgani sababli borishning iloji bo‘lmagan. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra yong‘in havo harorati anomal darajada keskin ko‘tarilib, juda qattiq isib ketishi sababli kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

2019-yilning iyulida ham Sudochye ko‘lidagi qamishzorda yong‘in chiqqandi. Ekologiya qo‘mitasi bunga chaqmoq sabab bo‘lgan deb taxmin qilgandi.

“Yong‘in chaqmoqdan chiqqan, boshqa fakt yo‘q. Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, ko‘l ichida juda katta radiusga ega qamishzor yonyapti, qanday omil sababli olov chiqishi mumkin? U yoqqa oyoq qo‘yolmaysiz, qayiq bilan borolmaysiz. Qamishzorga faqat vertolyot qo‘nishi mumkin. Birov chetdan turib, kamondan olovli o‘q otmagandir?! Xullas, sabab — chaqmoq. Qamish uchidagi momiq po‘panaklar juda tez yonadi, bilasizlar, uchqun chiqqandan so‘ng shamol ta’sirida olov birdaniga yoyilib ketgan”, — degan edi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspeksiya boshlig‘i O‘lmas Sobirov.

Ushbu yong‘indan so‘ng Sudochye ko‘llar tizimi Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga berilgandi. 2021-yilning fevralida esa 280 507 gektar bo‘lgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklidagi “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi: so‘nggi sutkada 141 kishida kasallik qayd etildi