Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dengiz, quyosh, qumli plyaj va salqin suv — o‘z organizmini chiniqtirmoqchi va immunitetini mustahkamlamoqchi bo‘lgan kishilarning eng yaxshi “do‘stlari”.

Asialuxe Travel milliy turoperatori sog‘liqni qayerda maksimal darajada yaxshilash va oldindan bir yilga kerakli vitaminlarni g‘amlab olish mumkinligi haqida aytib beradi. Tayyormisiz?

Issiqko‘l

Issiqko‘l — immunitetni tiklash va mustahkamlash bo‘yicha bo‘lgan yo‘nalishlarning yetakchisi. Ko‘lda dam olganlarning aytishicha, u yerda surunkali allergiya, rinit, “krapivnitsa” va boshqa kasalliklardan ajoyib tarzda sog‘ayishadi. Ko‘l natriy, magniy, kaliy, temir va boshqa moddalarga boy va bu butun organizmga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Issiqko‘l tog‘lar va muzliklar qurshovida joylashgan. Shu sababli, u yerda odamni charchatadigan jazirama va issiq shamol yo‘q. Hudud qirg‘og‘ining hayron qoldiradigan o‘zgachaligi — bu ignabargli daraxtlar o‘rmoni va o‘tlar hidi chiqib turadigan havosi.

Issiqko‘l o‘zining shaffof suvi, mineral buloqlari, ajoyib qumli plyajlari, dengiz va tog‘ uyg‘unligidagi iqlimi bilan loy va termomineral davolashga ega ajoyib kurort zonasi hisoblanadi. Ko‘l va buloqlarning shifobaxsh suvlari suzish basseynlarida ishlatiladi, Issiqko‘lning iqlimiy va tabiiy omillari bilan shifobaxsh sulfidli loylar esa ko‘plab surunkali kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.

U yerga odamlar butun dunyodan yurak-qon tomir, nafas tizimlari va tayanch-harakat apparati kasalliklaridan davolanish uchun borishadi. Bundan tashqari, Issiqko‘lning ayrim pansionatlari shifokorlar tomonidan tayinlanadigan issiq buloqlar, mineral suvlar va loyli muolajalarga ixtisoslashtirilgan. Shuningdek, deyarli har bir pansionatda ko‘rikdan o‘tkazib, zaruriy davolovchi muolajalarni belgilaydigan shifokor mavjud.

Asialuxe Travel milliy turoperatori Issiqko‘lga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarni har hafta amalga oshiradi. Issiqko‘lga turlarni quyidagi sanalarga band qilish mumkin:

  • 01.08.2021
  • 08.08.2021
  • 15.08.2021
  • 22.08.2021
  • 29.08.2021
Sizning qulayligingiz uchun ushbu ko‘lga tayyor foydali turistik to‘plamlarni narxlari bilan taqdim etamiz. Har bir turistik to‘plam narxiga barcha tashkiliy xarajatlar va agarda COVID-19 bilan kasallanib qoladigan bo‘lsangiz, barcha xarajatlarni qoplaydigan sug‘urta ham kiritilgan.
  • Rohat — 8.6 million so‘mdan boshlab;
  • Ala-Too —  8.7 million so‘mdan boshlab;
  • Tulpor — 9.1 million so‘mdan boshlab;
  • Ayan Rezort —  10.7 million so‘mdan boshlab;
  • Moviy Issiqko‘l —  10.7 million so‘mdan boshlab;
  • Vityaz —  11.2 million so‘mdan boshlab;
  • Qirg‘iz dengiz bo‘yi —  11.2 million so‘mdan boshlab;
  • Meridian —  12.4 million so‘mdan boshlab;
  • Ak-Bermet —  12.4 million so‘mdan boshlab;
  • Akun —  12.9 million so‘mdan boshlab.
Narxlar ikki nafar voyaga yetgan kishi uchun ko‘rsatilgan. Har bir turistik to‘plamga Toshkent—Tomchi—Toshkent yo‘nalishida uchish, aeroportdan va aeroportga transfer, uch martali ovqatlanish, tanlangan mehmonxona yoki pansionatda yashash va COVID-19 bilan kasallanib qolganda xarajatlarni qoplaydigan sug‘urta kiradi.

Sharm ash-Shayx

Bir vaqtning o‘zida ham yaxshi dam olib, ham immunitetingizni mustahkamlab olishingiz mumkin bo‘lgan ikkinchi yo‘nalish — bu qadimiy Misr “yuragi” Sharm ash-Shayx.

Sharm ash-Shayx — bu Qizil dengiz marvaridi, marjon qoyalari, dengiz hamda istalgan did va budjetga to‘g‘ri keladigan qulay mehmonxonalari bilan mashhur bo‘lgan, eng serhasham kurort. Sharm ash-Shayxning eng katta boyligi — bu dengiz va oltin qum. Aynan shular uchun har yili dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab sayyohlar bu yerga tashrif buyurishadi.

Qizil dengiz foydasi haqida tinimsiz yozish mumkin, axir dengiz suvi — bu vitamin va minerallar koni. Dengiz havosi va namlik esa o‘pkani bronxit yoki pnevmoniyadan keyin mustahkamlash, yallig‘lanishni ketkazishga yordam beradi.

Organizm faolligi, yaxshi kayfiyat va mustahkam immunitet uchun zarur bo‘lgan D vitaminiga keladigan bo‘lsak, Qizil dengiz qirg‘og‘ida dam olib ushbu vitaminni tabiiy yo‘l bilan bir necha oyga g‘amlab olish mumkin.

Sharm ash-Shayxda bolalar bilan oilaviy dam olish va tinchlik kerak bo‘lgan yoshi kattalar dam olishiga mo‘ljallangan ko‘plab mehmonxonalar mavjud.

To‘g‘ridan to‘g‘ri reys orqali yetib olish mumkin bo‘lgan Sharm ash-Shayxga turistik to‘plamlarni quyidagi sanalarga band qilish mumkin:

  • 05.08.2021
  • 15.08.2021
  • 25.08.2021
Sharm ash-Shayx — bu narx va sifatning ideal uyg‘unlashuvi. Shaharda ham “Barchasi kiritilgan” konsepsiyaga ega hamyonbop mehmonxonalar, ham premium darajadagi mehmonxonalar mavjud.

Sharm ash-Shayxga 5-avgust uchun bo‘lgan kompleks turistik to‘plamlarning narxlari:

  • Grand Halomy Resort 3* — 13.9 million so‘mdan boshlab;
  • Sharming Inn Hotel 4* — 14.4 million so‘mdan boshlab;
  • Sharm Cliff Resort 4* — 14.7 million so‘mdan boshlab;
  • Falcon Naama Star Hotel 3* — 15.2 million so‘mdan boshlab;
  • Aurora Oriental Resort Sharm El Sheikh 5* — 17.4 million  so‘mdan boshlab;
  • Dive Inn Resort 4* — 17.7 million so‘mdan boshlab;
  • Pyramisa Sharm El Sheikh Resort — 19 million so‘mdan boshlab;
  • Sharm Waterfall Resort —19.2 million so‘mdan boshlab;
  • Hyatt Regency Sharm El Sheikh — 22 million so‘mdan boshlab.

Narxlar ikki nafar voyaga yetgan kishi uchun ko‘rsatilgan. Har bir turistik to‘plamga Toshkent—Sharm ash-Shayx—Toshkent yo‘nalishida uchish, aeroportdan va aeroportga transfer, “Barchasi kiritilgan” tizimi bo‘yicha ovqatlanish, tanlangan mehmonxona yashash va COVID-19 bilan kasallanib qolganda, xarajatlarni qoplaydigan sug‘urta kiradi.

Bundan tashqari, Asialuxe Travel milliy turoperatori Telegram’dagi “Lechebnik” kanalining asoschisi, amaliyotdagi shifokor-terapevt Malika Mamatovadan COVID-19 yoki pnevmoniyadan keyin organizmni tiklash usullari haqida izoh oldi:

“COVID-19 bilan kasallangandan keyin bemorga unda kasallik qanchalik og‘ir kechgani va qanday alomatlar kuzatilganligiga qarab tiklanish jarayoni kerak bo‘ladi. Shifokor tomonidan tayinlanadigan dori vositalari bilan bir qatorda, organizmda jismoniy faollikni ushlab turish, ovqatlanishning to‘liq ratsioniga amal qilish hamda tetiklashish va uyquning sifatli rejimi kerak bo‘ladi.

Ushbu virus bilan kasallangan barcha uchun qanday umumiy tavsiyalar mavjud? Vitamin va minerallarni qabul qilishni davom ettirish, o‘pka sezilmas darajada zararlangan bo‘lsa ham nafas olish mashqlarini bajarish, toza havoda ko‘proq aylanish hamda to‘laqonli, balanslangan, omega-3 bilan boyitilgan taomlarni iste’mol qilish va stressli holatlardan qochish kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, COVID-19 bilan kasallangandan keyin reabilitatsiya qilishga yumshoq tog‘ havosi yoki dengiz iqlimi, ko‘proq dengiz mahsulotlari, meva va sabzavotlar iste’mol qilish yordam beradi. Iqlimni o‘zgartirish immunitetni mustahkamlashga, dengiz yoki tog‘ havosi esa nafas olish yo‘llari organlarini tezroq tiklashga yordam beradi”.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkentda Asialuxe Travel milliy turoperatorining uchta ofisi faoliyat yuritmoqda. Siz o‘zingizga yaqin joylashgan ofislarning biriga tashrif buyurishingiz mumkin. Asialuxe Travel milliy turoperatorining mahsulotlari www.asialuxe.uz saytida ham mavjud.

Asialuxe Travel — sizning milliy turoperatoringiz.

Telefon raqamlari: +99897 833 80 08; +99897 810 80 08; +99897 840 80 08; +99871 201 77 77

Sotuv ofislari:

Afrosiyob ko‘chasi 35;

Jangoh massivi S 15, 9-uy; 3-ofis;

Chilonzor, 1-kvartal, 25-uy, 18-ofis.

Sayt: www.asialuxe.uz

Telegram: asialuxe

Telegram-guruh: t.me/my_asialuxe

Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

O‘zbek tilidagi qaynoq turlar: t.me/asialuxe_qaynoqtur

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: asialuxe.travel

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi