Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tunisning bir qator yirik shaharlarida va poytaxt Tunisda 26-iyul kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlardan keyin komendantlik soati o‘rnatildi. Bu haqda Al-Jazeera telekanali xabar berdi.

Foto: AFP

Foto: AFP

Tartibsizliklar mamlakat prezidenti Kais Said parlament faoliyati 30 kunga to‘xtatilgani hamda bosh vazir Hishem al-Meshishi iste’foga chiqarilgani haqida ma’lum qilgach boshlandi. Shuningdek, Mudofaa vaziri Ibrohim Bartaji va Adliya vaziri vazifasini bajaruvchisi Asna Ben Sliman ham lavozimidan ozod qilingan.

“Interfaks” xabariga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Tunis prezidenti Kais Said bilan telefon orqali suhbatlashgan. Suhbat davomida Blinken demokratoyaga rioya qilish hamda barcha siyosiy kuchlar bilan muloqot olib borish zarurligini aytgan.

“U prezident Saidni Tunisda boshqaruvning asosi bo‘lgan demokratiya va inson huquqlari tamoyillariga rioya qilishga chaqirdi. Davlat kotibi uni barcha siyosiy subyektlar va Tunis xalqi bilan ochiq muloqotni davom ettirishga undadi”, — deyiladi AQSh davlat departamenti xabarda.

Blinken ikki mamlakat o‘rtasida “mustahkam sheriklik” mavjudligini ta’kidlab, “AQSh iqtisodiy inqiroz va COVID-19 pandemiyasi sharoitida Tunis xalqini qo‘llab-quvvatlashini” va’da qilgan. Davlat kotibining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Tunisdagi voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi: so‘nggi sutkada 141 kishida kasallik qayd etildi