Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida Coca-cola, Pepsi va Fanta nomli salqin ichimliklar ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, departamentning Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan “Coca-cola ichimligi Uzbekistan – LTD” MChJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.E. yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, sanitariya va gigiyena talablariga javob bermaydigan sharoitda Coca-cola, Pepsi va Fanta nomi ostida salqin ichimliklarni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, voqea joyidan tayyor mahsulotlar, bo‘sh yelim idishlar, rangli suyuqlik va boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval Namanganda noqonuniy ravishda dori ishlab chiqarayotgan yashirin korxona aniqlangani, Zangiotada qalbaki Persil, Ariel, Mif, Tide kir yuvish kukunlari ishlab chiqarilayotgan sex fosh etilgani hamda Buxoroda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgan sex aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?