Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 64 yoshga to‘ldi. U 2016-yil sentabridan beri O‘zbekistonga rahbarlik qilib kelayotgan bo‘lsa, shu besh yil davomida xalq bilan muloqot davlat siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi — ishga tushgan ilk vaqtida favqulodda samarali bo‘lgan Virtual qabulxona ham (xohlang, xalq tilida “Portal” deb atang), keyingi yillarda tashkil etilgan har turli boshqa muloqot platformalari ham, xususan, yaqin vaqt ichida tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi kutilayotgan yuzma-yuz uchrashuv ham bunga dalil bo‘la oladi.

“Daryo” e’tiborga molik mazkur sana munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyevning xalq vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlari aks etgan fotosuratlarni bir sahifaga jamladi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Samarqand shahrida temiryo‘l vokzali – Sartepa yo‘nalishi bo‘yicha tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan. Suratda davlat rahbari “Tarix muzeyi” bekatidan “Temiryo‘l vokzali” bekatigacha viloyat faollari bilan birga tramvayda ketmoqda. 2017-yil 15-aprel.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga amalga oshirgan tashrifi vaqtida Sharof Rashidov tumanidagi “Yangiobod” mahallasida qad rostlagan yangi ko‘p qavatli uylarning xonadonlaridan birida shu yerda istiqomat qiluvchi bola bilan salomlashmoqda. 2017-yil 27-aprel.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumani aholisi bilan muloqot qilmoqda. 2017-yil 6-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga amalga oshirgan tashrifi vaqtida Andijon shahridagi “Yoyilma” mahallasida aholi bilan salomlashmoqda. 2017-yil 3-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida “Nuroniy” jamg‘armasining viloyat bo‘limi yangi binosi va “Nuroniylar maskani” bilan tanishish vaqtida mahalla faollari davrasida. 2017-yil 8-iyul.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi “Islomobod” mahallasida yashovchi Tohir va Shohista To‘laganovlar xonadonida oilaning keksasi Shohaydar ota Shoismoilov bilan so‘rashmoqda. 2017-yil 15-iyul. 

Foto: O‘zA

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahrining ko‘chalarida xalq bilan muloqot qilmoqda. 2017-yil 11-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga amalga oshirgan amaliy tashrifi davomida Nukus shahridagi sport majmuasida jajji sportchi qizaloqlar qurshovida. 2017-yil 16-dekabr. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridagi “Fayzli” mahallasining aholisidan duo olmoqda. 2018-yil 5-yanvar 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l shahriga uyushtirgan tashrifi davomida tibbiyot birlashmasining ko‘z kasalliklari bo‘limida bemorlar bilan suhbatlashmoqda. 2018-yil 6-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati, Jizzax shahrining “Zargarlik” mahallasida aholi bilan suhbatlashmoqda. 2018-yil 30-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi “Tirsakobod” mahallasida faollar bilan muloqot qilmoqda. 2018-yil 1-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi “Xirmontepa” mahallasida  Shavkat Mirziyoyevni quchoqlab olgan qizaloq. 2018-yil, 1-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrining “Qumbuz ovul” mahallasida barpo etilgan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi bilan. 2018-yil, 16-noyabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining markazida tashkil etilgan Yangi yil bayrami maydonida bolalarga bayram sovg‘alarini ulashmoqda. 2018-yil 28-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Germaniyada o‘qiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Berlin shahrida mamlakatga rasmiy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib olmoqda. 2019-yil 20-yanvar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumani dehqon bozorida xalq ichiga kirib borib, odamlar bilan samimiy muloqot qilmoqda. 2019-yil 28-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida faxriylarga ehtirom ko‘rsatayotgan Shavkat Mirziyoyev. 2019-yil 9-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga rasmiy tashrifi vaqtida Oqdaryo tumanidagi “Pure milk Oqdaryo” fermer xo‘jaligi dalasida fermerlar bilan ko‘rishmoqda. 2019-yil 26-iyul.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” xalqaro festivalini yoritish uchun kelgan mahalliy va xorijiy blogerlar bilan. 2019-yil 26-avgust.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga qilgan rasmiy tashrifi doirasida Nagoya universitetiga kelganidan so‘ng Nagoya shahrida yashab, ta’lim olayotgan va fan bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvda. 2019-yil 18-dekabr.

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlariga saylovlarda Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-saylov uchastkasida ovoz berishda ishtirok etgan. Mahalliy aholi vakillari, shu jumladan, bolalar bilan ham muloqot qilgan edi. 2019-yil, 22-dekabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida. 2020-yil 7-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilganidan buyon o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish uchun Sirdaryo viloyatiga kelgan paytida Mirzaobod tumanidagi “Haqiqat” mahallasiga tashrif buyurdi. Suratda davlat rahbari bu yerda qurilgan 40 ta besh qavatli uylardan birining xonadonida yashovchi bolakay bilan suhbatlashmoqda. 2020-yil 13-oktabr.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi vaqtida Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari sessiyasidan so‘ng kutilmaganda Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasiga borib, mahalla oralab yurib, aholi bilan uchrashgan edi. 2021-yil 5-fevral.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Namangandagi rasmiy tashrifi chog‘ida Dashtbog‘ kichik sanoat zonasidagi korxonalarni ko‘rganidan keyin, mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ismoil Kirgizov va Malika Parpiyeva xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Suratda xonadon egalari duo qilmoqda. 2021-yil 18-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasidan keyin safar dasturiga asosan, yaqinda bunyod etilgan zamonaviy kutubxonaga borishi kerak edi. Ammo davlat rahbari korteji kutilmaganda Namangan shahrining chang va chuqurga to‘la yo‘llari bo‘ylab yurib, “Bunyodkor” mahallasi aholisi bilan suhbatlashdi. 2021-yil 19-fevral.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi davomida shaharda joylashgan 26-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurgan. Bolalar Prezident bilan suhbatlashgandan so‘ng u bilan birga suratga tushgan lahza. 2021-yil 19-fevral.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Saxovat” uyida u yerdagi keksalar bilan suhbat qurmoqda. 2021-yil 19-fevral.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida Chinozdagi 3 mingdan ziyod aholi yashaydigan “Eshonobod” mahallasida bo‘lib, MFYning turli millatga mansub vakillari bilan suhbatlashdi, ularning fikr va takliflariga quloq tutdi. 2021-yil 18-mart.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahriga tashrifi chog‘ida “Iftixor” mahallasini kirib ko‘rdi. Ko‘p qavatli uylarda yashayotgan odamlar bilan suhbatlashdi, hududdagi muammolarni, aholining talab va istaklarini so‘radi. 2021-yil 18-mart.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi mobaynida Chirchiq shahri “Iftixor” mahallasida davlat rahbarini ko‘rishni orzu qilib chiqqan 7 yoshli Husanjon Adhamovni bag‘riga bosib suratga tushgan lahza. 2021-yil 18-mart.

Foto: Prezident matbuot xizmati

G‘alaba bog‘idagi amfiteatrda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri. Shavkat Mirziyoyev tadbirga va joylardagi studiyalarga kelgan urush va mehnat faxriylari bilan suhbatlashib, hol-ahvol so‘radi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. 2021-yil 9-may.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga borib, oqqonga chalingan bolalar holidan xabar oldi. 2021-yil 14-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalar bilan suhbatlashmoqda. 2021-yil 14-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Tepaqo‘rg‘on” mahallasining bolalari bilan. 2021-yil 14-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Sherobod tumanidagi “Kattabog‘” mahallasida bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasb—anorchilik bilan shug‘ullanayotgan Karimovlar oilasi bilan suhbatlashmoqda. Suratda davlat rahbari oilaning farzandi Madina ismli qizaloq bilan. 2021-yil 1-iyun.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi Farrux Egamov xonadonida. 2021-yil 2-iyun.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 17–18-iyun kunlari Andijon viloyatida bo‘ldi. Tashrifning ilk kunida davlat rahbari Izboskan tumanidagi “Urganji” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi, Qurbonali O‘rinboyev xonadonida bo‘lib, yashash sharoitlari, parrandachiligini ko‘zdan kechirdi. Suratda Prezident O‘rinboyevning onasi Sanobar aya O‘rinboyeva bilan. 2021-yil 17-iyun. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Saxovat” mahallasi hayoti bilan tanishish vaqtida mahalla ahli bilan suhbat qurmoqda. 2021-yil 25-iyun.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Tepaqo‘rg‘on” mahallasi hayoti bilan tanishayotgan paytida tumanning 11-mavzesida yashovchi yigit davlat rahbari bilan uchrashuvda kutilmagan iltimos bilan chiqqan. Yigit prezidentdan quchoqlashib ko‘rishishni iltimos qilgan, davlat rahbari esa uning iltimosiga ijobiy javob qaytargan. Yigit hayajondan yig‘lab yuborgan lahza. 2021-yil 14-may.

Foto: Prezident matbuot xizmati