O‘zbekistonda chiroyli avtoraqam sotilishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Spot O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga tayanib.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yilning dastlabki 6 oyida o‘zbekistonliklar 70 mingdan ortiq chiroyli avtoraqamlar sotib olishga jami 139 milliard so‘m sarflagan. Bu chiroyli avtoraqamlar sotuvga chiqarila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 3 barobarga, hajmi bo‘yicha 50,6 foizga o‘sgan.

Foto: Spot

Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 million so‘mni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yilda onlayn auksionlar orqali 243 milliard so‘mlik, 2019-yilda esa 156,1 milliard so‘mlik chiroyli raqamlar sotilgandi.