O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio—2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik sportchilar 17 xil sport turi bo‘yicha jami 65 ta yo‘llanmaga ega chiqdi.

Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik sportchilar to‘liq tarkibi bilan tanishing:

Boks (11 ta yo‘llanma):

  • -52 kg: Shahobiddin Zoirov
  • -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
  • -63 kg: Elnur Abduraimov
  • -69 kg: Bobousmon Boturov
  • -75 kg: Fanat Qahramonov
  • -81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
  • -91 kg: Sanjar Tursunov
  • +91 kg: Bahodir Jalolov
  • -51 kg: Tursunoy Rahimova
  • -60 kg: Rayhona Qodirova
  • -69 kg: Shahnoza Yunusova

Erkin kurash (4 ta):

  • -57 kg: G‘ulomjon Abdullayev
  • -74 kg: Bekzod Abdurahmonov
  • -86 kg: Javrail Shapiyev
  • -97 kg: Magomed Ibragimov

Yunon-rum kurashi (4 ta):

  • -60 kg: Elmurat Tasmuradov
  • -77 kg: Jalgasbay Berdimuratov
  • -87 kg: Rustam Assakalov
  • -130 kg: Mo‘minjon Abdullayev

Taekvondo (4 ta):

  • -68 kg: Ulug‘bek Rashidov
  • -80 kg: Nikita Rafalovich
  • -67 kg: Nigora Tursunqulova
  • +67 kg: Svetlana Osipova

Og‘ir atletika (4 ta):

  • -67 kg: Adhamjon Ergashev
  • -109 kg: Akbar Jo‘rayev
  • -55 kg: Muattar Nabiyeva
  • -76 kg: Kumushxon Fayzullayeva

Qilichbozlik (3 ta):

  • Shpaga, ayollar: Malika Hakimova
  • Sablya, ayollar: Zaynab Dayibekova
  • Sablya, erkaklar: Sherzod Mamutov

Yengil atletika (7 ta):

  • Balandlikka sakrash, ayollar: Svetlana Radzivil
  • Balandlikka sakrash, ayollar: Safina Sa’dullayeva
  • Bosqon uloqtirish, erkaklar: Suhrob Xo‘jayev
  • Uzunlikka sakrash, ayollar: Darya Reznichenko
  • Uch hatlab sakrash, ayollar: Roksana Xudoyorova
  • Uch hatlab sakrash, erkaklar: Ruslan Kurbanov
  • Ko‘pkurash, ayollar, Yekaterina Voronina

Dzyudo (11 ta):

  • -60 kg: Sharofiddin Lutfullayev
  • -66 kg: Sardor Nurillayev
  • -73 kg: Hikmatilloh To‘rayev
  • -81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
  • -90 kg: Davlat Bobonov
  • -100 kg: Muhammadkarim Xurramov
  • +100 kg: Bekmurod Oltiboyev
  • -52 kg: Diyora Keldiyorova
  • -63 kg: Farangiz Hojiyeva
  • -70 kg: Gulnoza Matniyazova
  • Aralash jamoaviy musobaqa

Suzish (2 ta):

  • 100 m, erkin suzish: Xurshidjon Tursunov
  • 50 m, erkin suzish: Natalya Kritinina

Baydarka va kanoeda eshkak eshish (3 ta):

  • C-2 500 metr (jamoaviy): Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova
  • C-1 200 metr: Dilnoza Rahmatova
  • C-1 200 metr: Nilufar Zokirova

Akademik eshkak eshish (1 ta):

  • LMX2X, 2000 metr: Sobir Safaraliyev, Shahboz Xolmirzayev

Sport gimnastikasi (2 ta):

  • Yakkalik dastur: Rasuljon Abdurahimov
  • Yakkalik dastur: Oksana Chusovitina

Badiiy gimnastika (2 ta):

  • Ko‘pkurash: Sabina Toshkenboyeva
  • Guruh mashqi: Nilufar Shomurodova, Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoyeva, Kamola Ernazarova

O‘q otish sporti (2 ta):

  • 10 m, miltiq: Muxtasar Tohirova
  • 50 m, miltiqdan 3 holatda: Muxtasar Tohirova

Velosport (2 ta):

  • Guruh poygasi, erkaklar: Murodjon Xolmurodov
  • Guruh poygasi, ayollar: Olga Zabelinskaya

Zamonaviy beshkurash (2 ta):

  • Yakkalik, erkaklar: Aleksandr Savkin
  • Yakkalik, ayollar: Alise Faxrutdinova

Tennis (1 ta):

  • Yakkalik, erkaklar: Denis Istomin.

Sport turlari xilma-xilligi bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiadadagi shaxsiy rekordini yangiladi. Bundan avvalgi eng yaxshi natija 2012-yilgi London Olimpiadasida kuzatilgan — 15 xil sport turi.

  • 2020(21)-yilgi Tokio Olimpiadasi — 65 ta yo‘llanma (17 xil sport)
  • 2016-yilgi Rio Olimpiadasi — 70 ta yo‘llanma (13)
  • 2012-yilgi London Olimpiadasi — 53 ta yo‘llanma (15)
  • 2008-yilgi Pekin Olimpiadasi — 56 ta yo‘llanma (14)
  • 2004-yilgi Afina Olimpiadasi — 69 ta yo‘llanma (14)
  • 2000-yilgi Sidney Olimpiadasi — 70 ta yo‘llanma (12)
  • 1996-yilgi Atalanta Olimpiadasi — 71 ta yo‘llanma (12)

Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari 2021-yilning 23-iyulidan 8-avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.