So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Sport

    Kasallik tufayli 12 kg yo‘qotgan, jamoaga keraksizligi uchun qo‘yib yuborilgan va keyinchalik dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylangan Virjil van Deyk haqida

    08.07.2021, 18:01 21752

    10 yoshli Virjilni mashg‘ulotlarga otasi olib borardi. Mashg‘ulotlar tugagach yana otasi olib qaytardi. Virjil 5 yoshga to‘lgunicha bu jarayon haftada uch marta sodir bo‘lardi. Uning yoshligidagi murabbiyining so‘zlariga ko‘ra, agar Ron van Deyk bo‘lmaganida bolakay umuman futbolchi bo‘lmasdi. Bu esa munosabatlarni saqlab qolishga yordam bermadi: hozir futbolchining yelkasida faqat ismi yozilgan. Ron turmush o‘rtog‘i va 3 farzandini tashlab, boshqa ayolga uylanib ketadi. Virjil o‘shanda 12 yoshda edi. Bolalar uni kechirmadi.

    Foto: The Sun. Virjil van Deyk va otasi Ron

    Foto: The Sun. Virjil van Deyk va otasi Ron

    Virjil otasi haqida deyarli gapirmaydi, lekin tog‘asi Stiven bir kuni u haqida gapirdi. “Sen otangning familiyasini sababsiz olib tashlamaysan. Hammasi oddiy: uning otasi yonida emasdi. Qiyin vaziyatlarda faqatgina onasi u bilan birga bo‘ldi”, — tushuntirdi u.

    Virjil hayotidagi eng yomon deb ataydigan kunida ham onasi uning yonida bo‘lgan. “Aldamayman: judayam qo‘rqdim. Vujudimdan naychalar chiqayotgandi, yomonlik haqida o‘ylamasdan iloj yo‘q edi”. Eng yomoni — o‘lim. Haqiqiy xavf yaqin edi: 2012-yil bahorida “Groningen” shifokorlari pasayishni istamayotgan isitma bilan kurashayotgan edi. Jamoa murabbiyi Virjilni shahar shifoxonasiga jo‘natganini, u yerda esa kuchli og‘riqdan boshqa shubhali narsa topilmaganini, faqatgina onasi boshqa shifokorlarni topganidan so‘ng to‘g‘ri tashxis qo‘yilganini yodga oladi. Tashxis quyidagicha edi: appenditsit, peritonit va buyrak infeksiyasi. Qanday qilib bularning barchasini gripp va o‘tkir respiratorli infeksiya bilan adashtirib yuborish mumkinligi jumboqligicha qoldi. 20 yoshli futbolchi iroda ko‘rsatdi.

    Virjil keyinchalik o‘zi aybdor ekanligini tan oldi: noto‘g‘ri ovqatlangan va formasiga e’tibor qaratmagan. Unga kuchli intizom yetishmagan. U 12 kilogramm vazn yo‘qotdi va bir necha oydan so‘ng tuzaldi. “Operatsiyadan 10 kun o‘tgach oyoqqa turdim. 10 metr yurgach, charchoq his qila boshladim. Bir oydan so‘ng mashg‘ulotlarga qatnasha boshladim. Televizorni yoqsam Coldplay’ning “Viva la Vida”si yangrayotgan ekan. Shundan buyon har safar o‘sha musiqani tinglasam, nimalarni boshimdan o‘tkazganimni yodga olaman va o‘zimdan faxrlanib qo‘yaman”.

    “Groningen”ga qabul qilinishidan avval van Deykka futbolni tashlashni maslahat berishgandi. Albatta, bu sog‘liq bilan bog‘liq muammo tufayli emas. Maslahatni Oncle Jean restorani xo‘jayini Jak Lips bergandi. Chempionlar Ligasining bo‘lajak sohibi u yerda idish yuvuvchi bo‘lib ishlardi. Jak bir kuni yoshlar jamoasining o‘yiniga boradi va hech qanaqa taassurot olmaydi: “Yaxshisi idish yuvishga e’tibor qarat, shunda pul topa olasan”, — deydi. Idish yuvish bilan birgalikda Virjil “Villem II” akademiyasida mashg‘ulotlarga qatnashardi. Jamoa bazasi Tilburgda, restoran esa Bredada joylashgandi. Virjil onasi bilan birga Bredada turardi. Shaharlar orasi 20 kilometrni tashkil etardi. 16 yoshli bolani haydovchilik guvohnomasi yo‘q edi. Qanchadir muddat velosiped Virjil hayotining ajralmas qismiga aylandi. Keyin onasi ham Groningenga ko‘chib o‘tdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yuqori sinfda u qizlar nazarida maktabning yulduzi edi. Sinfdoshi Mitchell: “U sinfdagi yagona qora tanli bola edi va shu bilan birgalikda quvnoq ham edi. Qizlarga uning soch turmagi yoqardi. U futbol bilan band bo‘lib, boshqa narsalarga e’tibor qaratmasdi”. Van Deykning qizlarga qaramasligini yana bir sababi: yoshlikdagi sevgi. U va Rik maktab davrida tanishgan va shundan buyon birga.

    17 yoshiga qadar u qanot himoyachisi pozitsiyasida o‘ynardi. “Markazda o‘ynay olmasdim. Undan tashqari juda kichkina edim. Kichik ukam juda tez o‘sardi. U meni ham ortda qoldirgandi”. Hammasi 2008-yilda o‘zgardi. Bir necha oy ichida Virjil 18 sm ga o‘sdi. U himoya markazida o‘tkazildi, lekin muammo bartaraf etilmadi. “Tizzam bilan bog‘liq muammo bor edi. Qorin sohamda ham og‘riq his qilardim. Fizioterapevtlar men bilan jiddiy shug‘ullana boshlaganda 6 haftani o‘tkazib yubordim. Shundan so‘ng yaxshi o‘ynay boshladim”.

    Hattoki 193 sm bo‘y ham van Deykka asosiy jamoaga o‘tishga yordam bermadi. 2010-yil yozida u “Groningen”ga tekinga qo‘yib yuborildi. Virjil keyinchalik jamoaga sodiq bo‘lsa ham unga imkoniyat berilmaganini aytib o‘tdi. O‘sha vaqtlarda “Villem II” murabbiyi Fons Gryonendeyk ham o‘z fikrini bildirdi: “Gap men unga qarshiligim yoki u jamoaga to‘g‘ri kelmaganida emas. Aytarli hech narsa yo‘q. Men hatto bilmagandim. U yoshlar jamoasida o‘ynardi, biror marta asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlar olib bormagan. Albatta, yoshlar jamoasida bir nechta iste’dodli futbolchilar borligini eshitgandim, ammo biz ligada qolish uchun kurashayotgandik. Bunday vaqtda yoshlarga imkon berish hech kimning ham xayoliga kelmaydi. Ligada qolish uchun kurash qiyin kechishini hamma biladi. U bizni hayron qoldirdi. Faqatgina bizni emas. Virjilda bunchalik tez o‘sish bo‘ladi deb kutmagandik. Unga jiddiy jamoalardan takliflar bor edi”.

    Niderlandiyaning asosiy jamoalari futbolchiga qiziqish bildirmagan edi. “Groningen” murabbiyi Robert Maaskant buning o‘ziga yarasha sababi bor deydi: “Katta jamoalarni kichik klublarning bir-biri bilan qanday o‘ynashi qiziqtirmaydi. Ular autsayderlar yaxshi natija ko‘rsata olmaydigan katta o‘yinlarga e’tibor qaratadi. Terma jamoada ham shunaqa. Yoshlar terma jamoasi Italiyaga 0:3 hisobida yengildi. Himoyani qanday baholash mumkin? U qanday o‘ynaganidan qat’i nazar unga nisbatan munosabat yaxshi bo‘lmaydi”. Yoshlar terma jamoasida ham Virjil yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi. Kattalar jamoasiga kelgunga qadar yoshlar jamoasining barcha toifalarida 4 ta o‘yin o‘tkazgan. Taqqoslash uchun: Terens Kongolo 40 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yosh van Deykka tezlik yetishmasdi, bundan tashqari o‘yinni o‘qiy olmas edi. Uning iqtidoriga birinchi bo‘lib e’tibor qaratgan inson “Seltik” skauti Jon Park bo‘ldi. Skaut ikkita iqtidorli futbolchi topdi: van Deyk va Viktor Vanyama. Klub ikkala futbolchi uchun 4,75 million funt to‘ladi. Parkning futbolchilarni kuzatishda o‘ziga xos uslub bor edi. “Videolarni ko‘rishga hojat yo‘q. Ularda asosiy narsa ko‘rsatilmaydi. Kim jamoadoshlari bilan suhbatlashyapti, kim nimani gapiryapti. Tribunadan o‘yinni kuzatish orqali yetakchilarni topish mumkin. Virjilda o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori edi. U shunday o‘ylardi: ‘Hozir buni sinab ko‘raman, agar o‘xshamasa, yana bir bor harakat qilaman’. U qiyin vaziyatlarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmasdi. Barchasi tushunarli edi”.

    2013-yilda Shotlandiya ligasining ahvoli quyidagicha edi: quyi diviziondan chiqqan “Mazervell” ikkinchi o‘rinni egalladi. Chempionlar Ligasida esa “Barselona” Messisiz bo‘lsa ham “Seltik”ka 6 ta gol urdi. Lekin van Deyk asosiy tarkibda doimiy tushardi. U o‘sha vaqtlarda faqat o‘sish haqida o‘ylardi. Virjil murabbiy Nil Lennon hayotida muhim rol o‘ynashini har doim ta’kidlaydi. “U dangal odam edi, o‘ylagan narsasini gapirardi. Har bir mashg‘ulotdan zavq olardim. U menga yordam berardi”.

    Shotlandiyaga tashrif nafaqat Virjilning, balki u sevgan qizning ham hayotini o‘zgartirib yubordi. Rik moda olamida faoliyat olib borardi. Uning oldida tanlov bor edi: uyda yolg‘iz qolish yoki ishni tashlash. U Virjil bilan birga ketishga qaror qildi. “Menga bu ish bilan shug‘ullanish yoqardi, lekin Virjil bilan birga ketishim kerakligini tushundim. Itimizda ham tanlov qolmagandi, u ham biz bilan ketishga majbur edi”. Rik sevgan ishidan ayrilayotgan bo‘lsa ham hazil hissini yo‘qotmagandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Van Deyk “Seltik”da o‘ynab yurgan vaqtlarida uning hayotida ikkita katta voqea sodir bo‘ldi: qiz farzandi tug‘ildi va terma jamoadan chaqiruv oldi. Qaysi biri muhimroq? Javobi aniqdek ko‘rinadi, lekin Virjil uchun emas. Qizining tug‘ilish sanasi va terma jamoadagi ilk o‘yini bir kunga to‘g‘ri kelib qoldi. Ikkala voqeani ham o‘tkazib yuborishni istamagan van Deyk turmush o‘rtog‘idan erta tug‘ishni amalga oshirishni iltimos qiladi. Rik rozi bo‘ladi. Shifokorlarning sa’y-harakatlari evaziga chaqaloq muddatidan avval dunyoga keldi. Shundan so‘ng Virjil terma jamoa bazasiga ketdi. Italiya bilan o‘yin bor edi. U zaxirada qoldirildi va debyut o‘yinini bir yildan keyin o‘tkazdi.

    “Seltik”dagi 2 yili mobaynida van Deyk barcha musobaqalarda 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning barqaror o‘yini “Sauthempton” skautlari e’tiborini tortdi.

    “Sauthempton” sport direktori Les Rid transfer amalga oshishiga shubha qilmadi: “Biz uning transferini o‘tgan yili amalga oshirmoqchi edik. Lekin Chempionlar Ligasidagi ishtirok futbolchining narxiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun biz kerakli lahzani kutdik. Bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarish mumkin emasdi”.

    “Seltik” 2014/15-yilgi Chempionlar Ligasi uchun saralash bosqichidan o‘ta olmadi va Yevropa ligasida ishtirok etdi. 2015-yilda “Sauthempton” futbolchini 15 million yevroga xarid qildi. Avvaliga, klub Tobi Alderveyreldni qaytadan ijaraga olishga urinib ko‘rdi, lekin o‘xshamagach, katta pul sarflashga rozi bo‘ldi.

    2015/16-yilgi mavsum “Sauthempton” tarixidagi eng yaxshisiga aylandi. Ronald Kuman jamoasi 6-o‘rinni egallab Yevropa Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Hujum chizig‘ida Sadio Mane va Dushan Tadich, yarim himoya chizig‘ida Viktor Vanyama harakat qilardi. Van Deyk himoyaga javobgarligiga qaramasdan chempionatda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Keyingi mavsumning o‘rtasida u jarohat oldi. Virjilning yo‘qligi darhol sezildi: u maydonda paytida jamoa APLning 21 turida 22 ta gol o‘tkazgan bo‘lsa, usiz 17 turda 25 ta golni o‘z darvozasidan olib chiqdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2017-yil yozida “Liverpul” van Deykni sotib olish uchun jiddiy harakatni boshladi. Klubdan rad javobini olgach, futbolchining o‘ziga aloqaga chiqdi. Yurgen Kloppdan futbolchiga qiziqish saqlanib qolindimi, deb so‘ralganda: “Men hech narsa demayman. Nima deyishimdan qat’i nazar xato bo‘ladi”, deb javob qaytardi. Yarim yildan so‘ng, mavsum o‘rtasida “Liverpul” juda katta narx taklif qildi. “Sauthempton” himoyachi uchun 85 million yevroni har doim ham olavermaydi. Ikkala tomon ham transferdan xursand bo‘ldi.

    Van Deyk “Liverpul” himoyasining ishonchli qo‘rg‘oniga aylandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevro—2028 musobaqasi mezbonlari nomi ma’lum. Turkiya kurashdan chiqdi

    Bugun, 15:01

    Aquaterm ko‘rgazmasi boshlandi: AKFA BUILD innovatsion yechimlarni taqdim etdi va tashrif buyuruvchilarda chinakam qiziqish uyg‘otdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Leonardo Di Kaprioning “Titanik” filmida kiygan kiyimi auksionga qo‘yildi

    Bugun, 14:42

    Urushga qarshi chiqqan rossiyalik jurnalist Marina Ovsyannikova 8,5 yilga koloniyaga hukm qilindi

    Bugun, 14:20

    Turkiya IIV Anqarada terakt uyushtirganlarning shaxsini aniqladi

    Bugun, 13:23

    Immunitet nima sababdan pasayadi va uni qanday qilib ko‘tarish mumkin?

    Bugun, 13:16

    “Ular qahramon”— mutaxassis 160 kilometrlik tirbandlikda qolib ketgan o‘zbek haydovchilari haqida

    Bugun, 13:13

    Kanada elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

    Bugun, 13:07

    Rossiya osmonida tunda 31 ta Ukraina droni urib tushirilgani aytildi

    Bugun, 13:01

    Uzbekistan Airways senatorning chiptalarni sotishda “byurokratiya” haqidagi tanqidiga javob qaytardi

    Bugun, 12:55

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    11:00 / 04.10.2023

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Doim muzlab yuradigan qo‘l va oyoqlar qanday kasallik belgisi bo‘lishi mumkin?

    13:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.