• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada COVID-o‘limlar bo‘yicha kunlik rekord yangilandi, Meksika va Hindistonda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 184 186 274 kishini tashkil qilmoqda, shularning 3 985 486 nafari kasallikdan vafot etgan. Kasallanish holatlari soni bo‘yicha AQSh (33,7 million), Hindiston (30,6 million), Braziliya (18,7 million), Fransiya (5,8 million) va Rossiya (5,5 million) yetakchilik qilmoqda.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Rossiyada so‘nggi bir kecha-kunduzda 737 kishi COVID-19 tufayli vafot etdi. Bu koronavirusdan kunlik o‘limlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich, chunki pandemiya boshidan buyon mamlakatda bir kunda 700 va undan ortiq o‘lim qayd etilmagan edi.

    Avvalgi rekord 3-iyulda o‘rnatilgan, o‘shanda 697 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.

    So‘nggi 24 soat ichida COVID-19’dan eng ko‘p o‘lim odatdagidek Moskva va Sankt-Peterburgga to‘g‘ri keldi. O‘tgan kun davomida Moskvada 114 bemor vafot etgan bo‘lsa, Sankt-Peterburgda 99 kishi kasallik qurboni bo‘ldi. Shuningdek, rekord darajada o‘sishga viloyatlardagi o‘limlar soni ham hissa qo‘shgan, xususan, Irkutsk viloyatida (33 kishi), Nijegorodda (26), Buryatiyada (24), Krasnodar o‘lkasida (23), Penza viloyati (22) va Moskva viloyatida eng ko‘p o‘limlar qayd etilgan.

    Rossiya federal operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri COVID-19 qurbonlarining umumiy soni 139 316 kishini tashkil qilmoqda.

    O‘tgan kun davomida Rossiyada koronavirus yuqtirish bo‘yicha 23 378 ta yangi holat aniqlanib, infeksiya yuqtirganlarning umumiy soni 5,658 milliondan oshgan.

    Mavzuga doir: Rossiyada ketma-ket uchinchi kun COVID-o‘limlar soni antirekord o‘rnatdi. Moskvada koronavirusga qarshi qayta emlash boshlandi

    Meksikaning Laboratorios de Biologicos y Reactivos de Mexico (BIRMEX) farmatsevtika kompaniyasi tomonidan Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqarildi. Ushbu preparatlardan mahalliy aholini emlash uchun foydalaniladi. Vaksinalar Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya fondi (RTIF) bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

    “‘Sputnik V’ bir necha oydan buyon Meksikada muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda hamda xavfsizlik va samaradorlikning ajoyib ko‘rsatkichlarini namoyish etmoqda”, — dedi RTIF bosh direktori Kirill Dmitriyev.

    “Sputnik V” vaksinasi 2021-yilning 3-fevralida qo‘shimcha klinik sinovlarsiz tezlashtirilgan protsedura doirasida Meksikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Meksika “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazgan va ishlab chiqarishni boshlagan Shimoliy Amerikadagi birinchi davlat bo‘ldi.

    Mavzuga doir: Meksika prezidentida koronavirus aniqlandi

    Hindistonda ham “Sputnik V” vaksinasining sinov partiyasi ishlab chiqarildi.

    “RTIF va Hindistonning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lgan Morepen Laboratories kompaniyaning Ximachal-Pradesh shtatida joylashgan zavodida ‘Sputnik V’ koronavirusga qarshi vaksinasining sinov partiyasi ishlab chiqarilganini e’lon qiladi”, — deyiladi RTIF matbuot xizmati xabarida.

    Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifat nazorati uchun Gamaleya markaziga yuboriladi.

    Ta’kidlanishicha, RTIF va Morepen Laboratories kompaniyasi 2021-yilning iyun oyida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan va “hozirda texnologiyalarni uzatish jarayonini faol amalga oshirmoqda”.

    RTIF, shuningdek, Hindistonning boshqa eng yirik farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari: Gland Pharma, Hetero Biopharma, Panacea Biotec, Stelis Biopharma, Virchow Biotech bilan ham shartnomalar imzolagan. Ushbu hamkorlik Hindistonga har yili o‘z hududida 850 million dozadan ortiq “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishga imkon beradi, deyiladi matbuot xizmatida.

    Mavzuga doir: Hindistonda so‘nggi uch kundan buyon ilk bor eng kam odamda COVID-19 aniqlandi va emlanish bo‘yicha rekord o‘rnatildi

    Shuningdek:
    • Indoneziyada 6-iyuldan mamlakatga kelgan xorijlik sayyohlardan koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risida sertifikat talab qilish boshlandi. Bundan tashqari, mamlakatga kirish uchun ikkita PZR-testidan va sakkiz kunlik karantindan o‘tish kerak. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi Indoneziya hukumati tomonidan tasdiqlanmagani sababli ushbu vaksina sertifikati mamlakatga kirish huquqini bermaydi. Ta’kidlanishicha, koronavirusga topshirgan testi natijalari ijobiy chiqqan chet elliklarning barchasi o‘z mablag‘lari hisobidan kasalxonaga yoki kovid-mehmonxonaga ikki haftaga joylashtiriladi
    • Fransiyaning Sanofi kompaniyasi koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshladi. Dekabr oyida Fransiya COVID-19’ga qarshi o‘z vaksinasini qo‘llay boshlashi mumkin. Pfizer-BioNTech, AstraZeneca, Moderna va Janssen vaksinasidan farqli o‘laroq, fransuz vaksinasida mRNK texnologiyasi qo‘llanilmaydi. Preparat grippga qarshi zamonaviy vaksinalar singari rekombinant oqsilga asoslangan bo‘ladi. Undagi maxsus modda — advuyantom yordamida immunitetning javobi faol va uzoqroq davom etadi. Shuningdek, Fransiya vaksinasining afzalliklari orasida uni ishlab chiqarish arzon bo‘lishi va preparatni saqlash tartibi soddaroq bo‘lishi kuzda tutilgan. Vaksinaning arzonligi dunyodagi kam rivojlangan davlatlarga yordam berishi mumkin.
    • Kembrij gersoginyasi Keyt koronavirus bilan kasallangani tasdiqlangan odam bilan aloqada bo‘lganidan so‘ng o‘zini o‘n kunlik izolyatsiyaga oldi. 6-iyul kuni u turmush o‘rtog‘i, shahzoda Uilyam bilan Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining 73 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi kerak edi. Kensington saroyi gersoginyada kasallik alomatlari yo‘qligini ta’kidlamoqda, ammo Keyt qoidalarga sodiq qoladi. U 2-iyul kuni kechqurun o‘zini izolyatsiyaga olgan. Avvalroq Keyt va Uilyam koronavirusga qarshi emlangan edi.

    06.07.2021, 18:09   Izoh (0)   12188
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmaniston Afg‘oniston bilan chegara hududidagi harbiy safarbarlikni kuchaytiradi

    06.07.2021, 17:33

    AP: AQSh harbiylari Afg‘onistondagi Bagram aviabazasini ogohlantirishsiz tark etgan

    06.07.2021, 17:21

    Yevroittifoq Afg‘onistonga ochlikka qarshi kurashish uchun 25 mln yevro ajratadi

    06.07.2021, 15:25

    Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida bortida 28 kishi bo‘lgan samolyot dengizga qulab tushdi

    06.07.2021, 14:41

    JSST: dunyoda COVID-19 bilan kasallanish darajasi barqarorlashdi

    06.07.2021, 14:12

    Turkiyada sayyohlar o‘tirgan qayiq cho‘kib ketdi. 2 yoshli bola halok bo‘ldi (video)

    06.07.2021, 13:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.