Futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasining 1/8 finalida Italiya va Avstriya terma jamoalari 26-iyun, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Birinchi bo‘lim italiyaliklarning katta ustunligi ostida o‘tdi, biroq Roberto Manchini shogirdlari raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Ikkinchi bo‘limda Avstriya ham faollikni oshirdi. Hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisida Italiya ikkita gol urishga erishdi: 95-daqiqada Federiko Kyeza Italiyani oldinga olib chiqdi. 105-daqiqada esa Matteo Pessina jamoasining ikkinchi golini urdi. 114-daqiqada Sasha Kalayjich hisobni qisqartirdi, qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa Italiya terma jamoasi chorak finalga yo‘l oldi va keyingi bosqichda Belgiya — Portugaliya uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Avvalroq Daniya terma jamoasi 1/4 final yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.
Yevro—2020
1/8 final
26-iyun, shanba
Italiya — Avstriya 2:1
Gollar: 1:0 – 95 Kyeza, 2:0 – 105 Pessina, 2:1 – 114 Kalayjich.Italiya: Donnarumma, Spinatssola, Bonuchchi, Di Lorenso, Acherbi, Jorjinyo, Verratti (Lokatelli, 67), Berardi (Kyeza, 84), Barella (Pessina, 67), Insinye (Kristante, 111), Immobile (Belotti, 84).
Avstriya: Bahmann, Alaba, Layner, Dragovich, Hinteregger, Grillich (Shaub, 105), Shlager (Gregorich, 105), Laymer (Ilzanker, 113), Baumgartner (Shopf, 90), Zabitser, Arnautovich (Kalayjich, 97).
Ogohlantirishlar: Arnautovich (2), Di Lorenso (50), Barella (51), Hinteregger (103).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)