Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koreya Mehnat partiyasi bosh kotibi Kim Chen In partiya Markaziy qo‘mitasi plenumida mamlakat partiya rahbarligi ostida hozirgi va bo‘lg‘usi qiyinchiliklarning barchasini yengib o‘tishiga so‘z berdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Bosh kotib Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi nomidan tantanali qasamyod qilib, partiya inqilob yo‘lidagi barcha qiyinchiliklarni, albatta, yengib o‘tishiga, kelajakda qanday murakkabliklarga duch kelishidan qat’i nazar, inqilob g‘oyasiga og‘ishmasdan sodiq qolishga va’da berdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Partiya Markaziy qo‘mitasining 15-iyun kuni ochilgan plenumi 18-iyun kuni o‘z ishini yakunladi. To‘rt kun mobaynida partiya qurilishi masalalari, mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat, tashqi siyosiy muammolar ko‘rib chiqildi.

Avvalroq ushbu plenum davomida Kim Chen In Shimoliy Koreya AQSh bilan ham muloqotga, ham qarama-qarshilikka tayyor turishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Shuningdek, KXDR rahbari mamlakatga oziq-ovqat tanqisligi tahdid solayotganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Makron Putin bilan bevosita muloqotni saqlab qolishga chaqirdi
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...
Mahalliy
Toshkentda ob-havo sabab avtobuslar oraliq interval vaqtlari ortishi mumkin