Koronavirusning birinchi marta Hindistonda aniqlangan delta varianti butun dunyoda ustunlikka erishmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“Ushbu variant odamdan odamga osonroq yuqishi tufayli butun dunyoda ustunlikka ega bo‘lmoqda”, — dedi u.
Delta-variant Buyuk Britaniyada hukmronlik qiluvchi “britancha” shtamm (alfa-variant)dan keyin butun dunyoga tarqalishni boshlagan “hindcha” shtammdir. Virusning ushbu turi dunyoning 80 dan ortiq davlatida aniqlanib, tarqalib borgani sari ko‘proq mutatsiyaga uchramoqda.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning delta varianti alfa-shtammdan 60 foizga faolroq bo‘lib chiqqan. U, shuningdek, og‘irroq simptomlar chaqiradi, ammo bu xulosalar tasdiqlanishi uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak.
Ta’kidlash joiz, Moskva meri Sergey Sobyanin so‘zlariga ko‘ra, COVID-19’ga chalingan moskvaliklarning 89,3 foizida koronavirusning delta shtammi aniqlangan. Sobyanin Moskvada kasallanish holatlarining o‘ta tezkorlik bilan ko‘payishini aynan “hindcha” shtamm bilan bog‘ladi.
Mavzuga doir:
- Pfizer va AstraZeneca vaksinalari koronavirusning “hindcha” shtammiga qarshi samarali bo‘lib chiqdi
- Hindiston ijtimoiy tarmoqlardan koronavirusning “hindcha” shtammi haqidagi postlarni o‘chirib tashlashni so‘radi
- Niqob taqmagan Braziliya prezidenti jarimaga tortildi, Britaniyada lokdaunni yumshatish bir oyga kechiktirildi, “hindcha” shtammning belgilari qanday? Koronaxabarlar
- COVID-19 Alsgeymer kasalligiga olib kelishi mumkin, ba’zi mamlakatlarda niqob rejimi bekor qilinmoqda, Yevropada “hindcha” shtamm tarqalib ketishi mumkin. Koronaxabarlar
Izoh (0)