O‘zbekistonda 14-iyun kuni yana 300 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 13-iyunda 303 nafar, 12-iyunda 304 nafar, 11-iyunda 314 nafar, 10-iyunda 287 nafar, 9-iyunda 243 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Jizzax viloyatida,
  • 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 5 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 50 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 16 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 7 nafari Toshkent viloyatida,
  • 149 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 104 113 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qoraqalpog‘istonda 7 nafar, Andijonda 21 nafar, Buxoroda 8 nafar, Jizzaxda 20 nafar, Qashqadaryoda 26 nafar, Navoiyda 1 nafar, Namanganda 19 nafar, Samarqandda 17 nafar, Sirdaryoda 22 nafar, Surxondaryoda 5 nafar, Farg‘onada 6 nafar, Toshkent viloyatida 22 nafar hamda Toshkent shahrida 79 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99 986 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 709 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3418 nafar bemor davolanyapti.