Yevropa chempionati doirasida o‘tkazilayotgan Daniya — Finlyandiya o‘yinida Daniya yarim himoyachisi Kristian Eriksen hushini yo‘qotib, maydonga yiqildi.

“Inter” futbolchisi 43-daqiqada maydon chetiga qulab tushdi. Qayd etish joiz, bu to‘qnashuv natijasida sodir bo‘lmadi.

Shundan so‘ng o‘yin to‘xtatildi va shifokorlar shoshilinch ravishda maydonga chiqib, reanimatsiya muolajalarini qo‘lladi, shu jumladan, defibrillyatordan ham foydalanildi.

Hozirda futbolchi shifoxonaga olib ketildi. Uchrashuv 22:45 da qayta boshlanadi.

Futbolchi stadiondan olib chiqib ketilayotgan vaqtda u hushiga kelgan bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!