Dunyo va O‘zbekistonning turli nuqtalarida hafta davomida olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

AQShning Oregon shtatidagi boshiga pashsha qo‘nib turgan Kaliforniya yumronqozig‘i.

Foto: “TASS”

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Oqtosh qishlog‘i yaqinidagi sharshara.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Xitoydagi yashash joyi – Milliy tabiat qo‘riqxonasidan 500 kilometr shimolga ketib qolgan fillar Kunming yaqinidagi o‘rmonda uxlayapti.

Foto: Reuters

Toshkent shahridagi Sebzor ko‘chasida trotuarga ag‘darilgan reklama ustuni 10 kundan buyon piyodalarga xalal berib turibdi. Bu kabi holatlar shahar bo‘ylab ko‘plab topiladi. Avvalroq, 2-iyul kuni Taxtapul ko‘chasida piyodalar yo‘liga ko‘ndalang ag‘darib tashlangan reklama ustunining surati e’lon qilingandi. Lekin mas’ullar poytaxt aholisi va shahar mehmonlari harakatiga qanchalik xalal berayotganliklarini o‘ylab ham ko‘rganlari yo‘q.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Barselonada bo‘lib o‘tgan Grand Pri musoboqasida falokatga uchragan Petronas Yamaha SRT jamoasi poygachisi.

Foto: Getty Images

O‘zbek futboli yulduzi, “Olmaliq” jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev va boshqa hamkasblari davrasida suhbat qurmoqda. Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 12-iyun kuni futbol bo‘yicha DXX Raisi Kubogining final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Quyoshning qisman tutilishi fonida suratga olingan Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali.

Foto: Getty Images

Toshkentda 12—15-iyun kunlari futbol bo‘yicha DXX Raisi Kubogining final bosqichi o‘tkaziladi. 12-iyun kuni ushbu bosqich uchrashuvlari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Suratda o‘zbek futboli yulduzi, “Olmaliq” jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qur’ada jamoalarni aniqlab bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hindistonning Mumbay shahrida kuchli musson yog‘ingarchiliklari oqibatida suv toshgan ko‘chada o‘ynayotgan qiz.

Foto: AFP

Tug‘ilgan kun tortini qilich bilan kesayotgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II. Qirolicha 95 yoshga to‘lganini 12-iyun kuni rasman nishonladi. Monarxning tavallud kuni an’anaviy tarzda iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi.

Foto: Getty Images

Xitoyning Shenyan shahrida bo‘lib o‘tgan Tang sulolasi davriga bag‘ishlangan tungi ko‘rgazma.

Foto: Getty Images

Kanadaning Toronto shahridagi quyosh tutilishi. 10-iyun kuni Yer sayyorasining shimoliy mintaqalarida yashovchi aholi qisman quyosh tutilishi hodisasiga guvoh bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida qor yog‘di. Janubiy yarimsharda hozir qish fasli hisoblanadi.

Foto: “TASS”

Moskvada mamlakat bayrog‘i ranglari aks etgan kiyim kiygan qizlar “Rossiya kuni” bayramini nishonlamoqda. “Rossiya kuni” an’anaviy ravishda ommaviy bayramlar, sport tadbirlari va konsertlar bilan nishonlanadi. Bayram so‘ngida Qizil maydonda mushakbozlik bo‘lib o‘tadi.

Foto: Alamy

NASA Yupiterning “oy”i Ganimedning yangi suratini e’lon qildi. Surat Juno kosmik kemasi tomonidan olingan.

Foto: NASA

Shotland kuychisi Fransiyaning Normandiya viloyatida D-day kunining 77 yilligi munosabati bilan quyosh chiqishi paytida musiqa chalmoqda. D-day bu – Ikkinchi jahon urushi vaqtida ittifoqchilarning birlashgan qo‘shini Normandiya sohillariga tushirilishi munosabati bilan nishonlanadigan kun.

Foto: Getty Images

Yevro-2020 musobaqasining Daniya—Finlyandiya uchrashuvi vaqtida daniyalik futbolchi Kristian Eriksen hushidan ketib, maydonga yiqildi. Tibbiy muolaja vaqtida futbolchining safdoshlari uni o‘rab turdi. Futbolchi shifoxonaga olib ketildi, o‘yin uzoq vaqtli to‘xtalishdan so‘ng davom ettirildi.

Foto: Getty Images

Angliyaning Kil shahri yaqinida chorva uchun silos ozuqasi tayyorlash maqsadida o‘t o‘rayotgan fermer.

Foto: Reuters

Ruminiyada Qahramonlar kunini nishonlashda qatnashayotgan harbiy.

Foto: EPA

Gonkong akvariumida suzib yurgan akulalar.

Foto: Getty Images

Abdulla an-Natsheh, Usayd Abu Halaf va Hammam Abu Sneyna G‘arbiy Sohilning Xevron shahridagi an’anaviy tosh uylarning tomlari va zinalarida parkur bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: AFP

Daniya—Finlyandiya uchrashuvi vaqtida hushini yo‘qotib, maydonga yiqilgan Kristian Eriksen maydondan olib chiqib ketilmoqda. Suratda uning hushiga kelganini ko‘rish mumkin. UEFA shifoxonaga yotqizilgan futbolchining ahvoli barqaror ekanini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaga G7 davlatlari sammiti uchun kelgan rahbarlar qirolicha Yelizaveta II’ning tug‘ilgan kuniga tashrif buyurdi. Suratda qirolicha bilan suhbatlashayotgan Jo Bayden va uning rafiqasi. Orqaroqda shahzoda Charlz, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijit Makron mehmonlar bilan suhbatlashib turibdi.

Foto: Getty Images

Hindistondagi don bozorida makkajo‘xori donlarini quyosh ostida quritayotgan odamlar.

Foto: Getty Images

Fransuz fotografi va ko‘cha rassomi JR’ning Parijda chizgan art-installyatsiyasida suratga tushayotgan ayol.

Foto: Getty Images

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha Germaniya chempionatida qatnashayotgan ayol sportchilar.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Bitlis shahri yaqinidagi qirda o‘tlab yurgan qo‘ylar podasi.

Foto: Getty Images