• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BAA Turkmanistonda aeroport va elektr stansiyasi qurish uchun qariyb 100 mln dollar ajratadi

    Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) va Turkmaniston hukumati o‘rtasida 10-iyun kuni qiymati 99,91 million dollar bo‘lgan ikkita bitim imzolandi. Bu haqda BAA ommaviy axborot vositalariga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

    Foto: Business.com

    Foto: Business.com

    Xabarga ko‘ra, bitimlardan biri Turkmanistonning Bolqon mintaqasidagi Jebel shahrida aeroport qurilishini moliyalashtirishni nazarda tutadi, ikkinchisi 10 MVt quvvatga ega gibrid elektr stansiyasini qurishni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.

    Bitimlar ADFD bosh direktori Muhammad Sayf al-Suvaydiy va Turkmaniston Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat banki raisi Rahimberdi Jeparov tomonidan BAAda o‘tkazilgan uchrashuv davomida imzolandi.

    Uchrashuvda, shuningdek, BAA Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl ibn Muhammad Faraj Faris al-Mazruiy hamda va Turkmaniston Oliy nazorat palatasi raisi, bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov va har ikki tomonning boshqa rasmiylari ishtirok etgan.

    Jebel aeroporti loyihasi Bolqon mintaqasida havo transporti infratuzilmasini yaxshilash, Markaziy Osiyoda hududiy havo aloqasini kuchaytirish va transport xizmati sifatini oshirish orqali sarmoyalarni jalb qilishga qaratilgan. Loyiha doirasida soatiga 100 nafar yo‘lovchini o‘tkazish imkoniyatiga ega terminal quriladi.

    Ta’kidlanishicha, loyiha tarkibiy qismlari loyihani rejalashtirish, dizaynlash, qurish va yetkazib berish, shuningdek aeroport xodimlarini o‘qitishdan iborat.

    Turkmaniston OAVlari xabar berishicha, prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning buyrug‘i bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Turkmaniston hukumat delegatsiyasi 9-iyun kuni BAAga jo‘nab ketgan edi.

    Abu-Dabi va Dubay shaharlarida bo‘lib o‘tadigan uch kunlik muzokaralar davomida tomonlar Turkmaniston va BAA o‘rtasida manfaatlar doirasidagi hamkorlik masalalari hamda investitsiya loyihalarini muhokama qiladi.

    2020-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan Turkmaniston va BAA o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma qo‘mitaning uchinchi yig‘ilishida 2021-yilda Dubayda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasiga tayyorgarlik masalasi ko‘rib chiqilgandi. Ko‘rgazmada Turkmaniston barqaror rivojlanish va innovatsiyalar sohasida o‘zining ilg‘or tajribalarini namoyish etishni rejalashtirmoqda.

    Shu bilan birga, yig‘ilishda Ashxobod energetika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston gaz quvuri qurilishida hamkorlikka ochiq ekani ta’kidlangan.

    Tomonlar, shuningdek, “yashil iqtisodiyot”ning muhim ekanini  ta’kidlab, barqaror energiya manbalaridan foydalanish, innovatsion texnologiyalarni targ‘ib qilish va qayta tiklanadigan energiya sohasida ekspert mahoratlari to‘g‘risida fikr almashgan. Shu nuqtayi nazardan, Turkmaniston Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligi (IRENA) doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirgan.

    2021-yil fevral oyida Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi Turkmaniston hukumati bilan turli sohalardagi infratuzilma loyihalari, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya va havo transporti bo‘yicha uchta kelishuv memorandumini imzolagan edi.

    Mavzuga doir:

    • Ayollar huquqlarini muntazam ravishda buzib kelayotgan Turkmaniston “BMT-Ayollar” tuzilmasi kengashi tarkibiga saylandi
    • Rossiyaning Turkmanistondagi elchixonasi elektron pochtasi chet elga chiquvchi fuqarolarning arizasi ko‘pligidan yuklamani ko‘tarolmadi

    11.06.2021, 23:11   Izoh (0)   13314
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Karib dengizining Puerto-Riko orolida yong‘in tufayli 400 ming kishi elektrsiz qoldi

    11.06.2021, 22:24

    Ummon qa’riga sho‘ng‘ib: kapitan Kusto hayratlari

    11.06.2021, 22:10

    AQSh diplomatlariga Rossiya bo‘ylab erkin harakatlanish taqiqlandi

    11.06.2021, 20:11

    COVID-19 Alsgeymer kasalligiga olib kelishi mumkin, ba’zi mamlakatlarda niqob rejimi bekor qilinmoqda, Yevropada “hindcha” shtamm tarqalib ketishi mumkin. Koronaxa...

    11.06.2021, 19:41

    Tramp Baydendan Putin bilan uchrashuvda uxlab qolmaslikni so‘radi

    11.06.2021, 16:42

    Qirg‘iziston prezidentining rafiqasi o‘zining ilk xorijiy safarini amalga oshirdi (foto)

    11.06.2021, 15:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hayp qanday ishlaydi: mashhur kinolarni xolisona baholashga yordam beradigan tavsiyalar

    Kino | 2 iyul, 10:49

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14

    “PSJ” “Bavariya”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final jufliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 10:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.