Koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga muddatga kechiktirilgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati—2020 11-iyundan 11-iyulga qadar mintaqaning o‘nta shahrida bo‘lib o‘tadi. “Daryo” Yevro—2020 oldidan terma jamoalar va guruhlardagi holatga qisqa sharh berib o‘tadi. Mazkur sonda D guruhi vakillariga to‘xtalib o‘tamiz.

  • Angliya
  • Xorvatiya
  • Chexiya
  • Shotlandiya

Kollaj: “Daryo”

Angliya

  • Bosh murabbiy: Garet Sautgeyt
  • FIFA reytingi: 4-o‘rin
  • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: 3-o‘rin (1996)
  • Yulduz futbolchilar: Harri Keyn, Markus Reshford, Harri Maguayr...

Inglizlar saralash bosqichida Chexiya, Kosovo, Bolgariya va Chernogoriyaga qarshi to‘qnash keldi. Kutilganidek “uch sherlar” ortiqcha to‘sqinliksiz guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Sautgeyt shogirdlari saralash bosqichida faqat bitta mag‘lubiyat (Chexiyaga qarshi o‘yinda) qayd etdi, qolgan barcha o‘yinda g‘alaba qozondi. Angliya gol urish borasida faqat Belgiyadan (40) ortda qoldi — 37 ta gol.

Foto: Getty Images

Futbol vatani bo‘lgan Angliya Yevropaning eng nufuzli musobaqasida hamon bosh sovrinsiz qolmoqda. Jamoa shu kunga qadar hatto musobaqa finaliga ham chiqa olmagan. Yulduzli tarkibga ega jamoa shubhasiz musobaqa favoritlari sifatida e’tirof etish mumkin. JCh—2018 da yomon ko‘rinmagan jamoa so‘nggi uch yil ichida yana ko‘plab iqtidor egalari bilan boyitildi. Ma’lumot o‘rnida, Angliya musobaqaning eng yosh jamoalaridan biri hisoblanadi (o‘rtacha 25,2 yosh), jamoa bu borada faqat Turkiyadan (24,9) ortda qolgan. Angliya bu musobaqada muxlislar uzoq kutgan chempionlikni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Final “Uembli”da o‘tishini inobatga olsak, bu ikki hissa motivatsiya berishi tayin.

Angliyaning Yevro—2020 uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Din Henderson (“Manchester Yunayted”), Sem Jonston (“Vest Bromvich”), Jordan Pikford (“Everton”);

Himoyachilar: Ben Uayt (“Brayton”), Ben Chiluell, Ris Jeyms (ikkisi — “Chelsi”), Konor Koudi (“Vulverhempton”), Harri Maguayr, Lyuk Shou (ikkisi — “Manchester Yunayted”), Tayron Mingz (“Aston Villa”), Jon Stounz, Kayl Uoker (ikkisi — “Manchester Siti”), Kiran Trippyer (“Atletiko”);

Yarim himoyachilar: Jud Bellinghem, Jeydon Sancho (ikkisi — “Borussiya D”), Fil Foden (“Manchester Siti”), Jek Grilish (“Aston Villa”), Jordan Henderson (“Liverpul”), Meyson Maunt (“Chelsi”), Kelvin Fillips (“Lids”), Deklan Rays (“Vest Hem”), Bukayo Saka (“Arsenal”);

Hujumchilar: Dominik Kelvert-Lyuin (“Everton”), Markus Reshford (“Manchester Yunayted”), Harri Keyn (“Tottenhem”), Rahim Sterling (“Manchester Siti”).

Angliya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Xorvatiya

  • Bosh murabbiy: Zlatko Dalich
  • FIFA reytingi: 14-o‘rin
  • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: Chorak final (1996, 2008)
  • Yulduz futbolchilar: Luka Modrich, Ivan Rakitich, Ivan Perishich.

Xorvatlar ham oson bo‘lmagan saralash bosqichini o‘tkazdi. Uels, Slovakiya, Vengriya va Ozarbayjon bilan bitta guruhdan o‘rin olgan jamoa birinchi o‘rin bilan Yevropa chempionatiga yo‘l oldi.

Foto: Twitter

JCh—2018 finalchisi uch yil avvalgi tarkibni deyarli saqlab qolgan holda Yevropa chempionatida ishtirok etadi. Xorvatlarning ko‘plab yulduzlari uchun bu Yevro katta ehtimol bilan so‘ngisi bo‘ladi.

Yevro—2020 uchun Xorvatiya terma jamoasi qaydnomasi:

Darvozabonlar: Lovre Kalinich (“Hayduk”), Dominik Livakovich (“Dinamo”, Zagreb), Simon Sluga (“Luton”);

Himoyachilar: Domagoy Vida (“Beshiktosh”), Deyan Lovren (“Zenit”), Shime Vrsalko (“Atletiko”), Borna Barishich (“Reynjers”), Duye Chaleta-Sar (“Marsel”), Yosip Yuranovich (“Legiya”), Domagoy Bradarich (“Lill”), Mile Shkorich (“Osiyek”), Yoshko Gvardiol (“Dinamo”, Zagreb);

Yarimhimoyachilar: Luka Modrich (“Real”), Mateo Kovachich (“Chelsi”), Marselo Brozovich (“Inter”), Milan Badel (“Jenoa”), Mario Pashalich (“Atalanta”), Nikola Vlashich (“SSKA”), Luka Ivanushets (“Dinamo”, Zagreb);

Hujumchilar: Ivan Perishich (“Inter”), Andrey Kramarich (“Hoffenhaym”), Ante Rebich (“Milan”), Yosip Brekalo (“Volfsburg”), Bruno Petkovich, Miroslav Orshich (ikkisi — “Dinamo”, Zagreb), Ante Budimir (“Osasuna”).

Xorvatiya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Chexiya

  • Bosh murabbiy: Yaroslav Shilgaviy
  • FIFA reytingi: 40-o‘rin
  • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: Chorak final (1996, 2008)
  • Yulduz futbolchilar: Tomash Vatslik, Tomash Souchek, Patrik Shik.

Saralash bosqichida Angliya bilan bir guruhdan o‘rin olgan chexlar Yevro—2020 da ham inglizlarga guruh bosqichidayoq to‘g‘ri kelib qoldi. Saralash o‘yinlarida Chexiyaning “uch sherlar”ga qarshi ikki o‘yini ikki xil ko‘rinishda bo‘lgandi: dastlab 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan jamoa, o‘z uyida inglizlarni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Foto: Getty Images

Chexiya terma jamoasi alohida davlat sifatida ajralib chiqqandan (1992-yilda Chexoslovakiyadan) buyon muntazam Yevroda ishtirok etib kelmoqda. 2004-yilgi musobaqada jamoa yarim finalga qadar yetib borgan va bo‘lajak chempion Gretsiyaga so‘nggi daqiqalarda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Biroq so‘nggi vaqtlarda jamoa o‘z natijalari bilan u qadar maqtana olmaydi, bundan tashqari ularda barqaror tarkib ham yo‘q.

Chexiyaning Yevro—2020 uchun qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Alesh Mandous (“Sigma”), Tomash Vatslik (“Sevilya”), Irji Pavlenka (“Verder”);

Himoyachilar: Tomash Kalas (“Bristol Siti”), Onrjey Chelyustka (“Sparta”), Yakub Brabets (“Viktoriya Plzen”), Yan Borjil, David Zima (ikkisi “Slaviya”), Vladimir Koufal (“Vest Hem”), Pavel Kaderjabek (“Hoffenhaym”), Alesh Mateyu (“Breshia”);

Yarimhimoyachilar: Vladimir Darida (“Herta”), Tomash Souchek (“Vest Hem”), Aleks Kral (“Spartak Moskva”), Lukash Masopust, Petr Shevchik, Tomash Holesh (barchasi “Slaviya”), Antonin Barak (“Verona”), Yakub Peshek (“Liberets”);

Hujumchilar: Patrik Shik (“Bayer”), Mixal Krmenchik (“PAOK”), Matey Vidra (“Byornli”), Tomash Pekxart (“Legiya”).

Chexiya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Shotlandiya

  • Bosh murabbiy: Stiv Klark
  • FIFA reytingi: 44-o‘rin
  • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi (1992, 1996)
  • Yulduz futbolchilar: Endryu Robertson, Skott Maktominey, Kiran Tirni.

Shotlandiya terma jamoasi saralash bahslarida guruhda Belgiya va Rossiyadan keyin 3-o‘rinni qayd etdi. Millatlar Ligasidagi muvaffaqiyatli natijalari sabab o‘tish o‘yinlarida ishtirok etdi. Pley-offda Isroil va Serbiya ortda qoldirildi: har ikki jamoa penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etildi.

Foto: Getty Images

Shotlandlar 1996-yildan beri ilk bor Yevropa chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Shotlandiya bu darajaga yetib kelishida shakllanayotgan yosh avlod vakillarining ham o‘rni beqiyos. Shotlandiya Robertson, Tirni kabi himoyachilar, yarim himoyada esa Maktominey, Gilmor singari yulduzlar bilan yomon o‘yin ko‘rsatmayapti.

Shotlandiyaning Yevro—2020 uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Kreyg Gordon (“Midlotian”), Devid Marshall (“Derbi Kaunti”), Jon Maklaflin (“Reynjers”);

Himoyachilar: Liam Kuper (“Lids”), Deklan Gallaxer (“Mazervell”), Grant Henli (“Norvich”), Jek Hendri (“Ostende”), Skott Makkenna (“Nottingem Forest”), Stiven O‘Donnell (“Mazervell”), Natan Patterson (“Reynjers”), Endryu Robertson (“Liverpul”), Greg Teylor (“Seltik”), Kiran Tirni (“Arsenal”);

Yarimhimoyachilar: Styuart Armstrong (“Sauthempton”), Rayan Kristi (“Seltik”), Jon Flek (“Sheffild Yunayted”), Billi Gilmor (“Chelsi”), Jon Makginn (“Aston Villa”), Kallum Makgregor (“Seltik”), Skott Maktominey (“Manchester Yunayted”), Devid Ternbull (“Seltik”);

Hujumchilar: Che Adams (“Sauthempton”), Lindon Dayks (“Kuinz Park Reynjers”), Jeyms Forrest (“Seltik”), Rayan Freyzer (“Nyukasl”), Kevin Nisbet (“Hibernian”).

Shotlandiya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Yevropa chempionati 11-iyunda Turkiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan boshlanadi. Musobaqaning final o‘yini 11-iyulga mo‘ljallangan.

Nodirxon Hamidxonov tayyorladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!