Turkiyaning mashhur aktyorlaridan biri hisoblangan Alp Navruz qaylig‘i – “Turkiya go‘zali” Ebru Sham bilan munosabatlariga yakun yasadi. Aslan nashrining ma’lum qilishicha, juftlik yarim yil davomida uchrashib yurgan, deb yozadi “Rus.Turkey.com”.

Foto: Turk Cinema

Qayd qilinishicha Alp va Ebru koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar sabab keyinga surilgan to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Juftlik ayrilishlariga sababni e’lon qilmaslikni ma’qul bilgan, ammo Alp OAVga bergan ma’lumotida ortga yo‘l yo‘qligiga ishora qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir-birini boshqa kuzatmaslikka qaror qilgan juftlik birga tushgan suratlarini ham o‘chirib tashlagan. Alp avvalroq bergan intervyusida u va uning “Bir orol hikoyasi”dagi hamkasbi Ayche Ayshin Turan bilan o‘rtalarida uchqun paydo bo‘lganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, o‘zbek muxlislariga “Fazilat xonim va qizlari”dagi ijrosi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan aktyor, shuningdek, “Qo‘limni qo‘yib yuborma” va “Malikam endi qara” singari seriallarda ham suratga tushgan.