San-Fransiskoda manikyur qilishga qodir robot paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Instagram / @Nailslikeclockwork

Robotni yaratish ustida ish olib borgan Clockwork kompaniyasining ma’lum qilishicha, qurilma tirnoqlarni o‘n daqiqa ichida bo‘yashga qodir. Xizmat narxi — sakkiz dollar.

Ayni vaqtda ushbu robot tirnoqlarni kaltalamaydi va ularga shakl bermaydi, biroq mazkur funksiyalar ham tez orada paydo bo‘lishi mumkin.

Clockwork’dagilarning qayd etishicha, ular odamlarni “kundalik chalkash vazifalardan ozod etadigan” mashinalarni yaratmoqda.

Foto: Instagram / @Nailslikeclockwork

Foto: Instagram / @Nailslikeclockwork

Foto: Instagram / @Nailslikeclockwork

Avvalroq Avstraliyada olma terishga qodir robot, Ispaniyada esa paelya tayyorlashga qodir dunyodagi birinchi robot-qo‘l yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.