Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ispaniyada paelya — guruch, dengiz mahsulotlari, sabzavotlar va tovuq go‘shti qo‘shib tayyorlanadigan ispan milliy taomini tayyorlashga qodir dunyodagi birinchi robot-qo‘l yaratildi. Mimcook va br5 kompaniyalari tomonidan yaratilgan “paelyero”ga ko‘plab mehmonxona va restoranlar tarmoqlari qiziqish bildirgan, deb yozadi Esquire.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Robotdan foydalanish uchun tayyorlash dasturini tanlash va mahsulotlarni unga yuklash kerak. Maxsus kompyuterlashtirilgan qo‘l yordamida ishlaydigan robot taomni o‘zi tayyorlaydi. Ixtirochilarning hisoblashicha, robot-qo‘l inson uchun og‘ir bo‘lgan vazifalarni bajarishiga va uning ijodkorlikka diqqatini jamlashga yordam beradi.

br5 asoschisi Enrike Lilloning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p funksiyali robot paelyadan boshqa taomlarni ham tayyorlay oladi. Masalan, u kartoshka qovurishi, grill bilan ishlay olishi, gamburger uchun kotletlar pishirishi mumkin.

Valensiya aholisi Lilloni xafa qilmaslik uchun robot-qo‘l yordamida tayyorlangan paelyani “guruchli taom” deb atashmoqda. “Bu baribir qiziqarli, chunki paelya — bu siz tayyorlagan taom emas”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

Avvalroq Guru IoT kompaniyasi uy hayvonlariga egasi yo‘qligida yordam beradigan Peddy roboti, Germaniyada esa xuddi insonlar kabi quchoqlashga qodir robot yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...