Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 1-iyun kuni yana 231 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 31-may kuni 160 nafar, 30-may kuni 211 nafar, 29-may kuni 280 nafar, 28-may kuni 264 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 1 nafari Namangan viloyatida,
  • 42 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 50 nafari Toshkent viloyatida,
  • 102 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 100 726 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Jizzaxda 8 nafar, Qashqadaryoda 1 nafar, Namanganda 3 nafar, Samarqandda 40 nafar, Sirdaryoda 22 nafar, Surxondaryoda 3 nafar, Farg‘onada 4 nafar, Toshkent viloyatida 27 hamda Toshkent shahrida 228 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 96 569 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 691 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3466 nafar bemor davolanyapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
BAAda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qancha? Toshkent va Ras al-Hayma bozorlarini taqqoslaymiz
Dunyo
Yaponiya bosh vaziri “nomaqbul suratlar” sabab o‘g‘lini lavozimidan ozod qildi
Shou-biznes
Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?