Futbol bo‘yicha JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralashi doirasidagi bir qator o‘yinlar 5-iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston joy olgan D guruhi peshqadami Saudiya Arabistoni terma jamoasi Yamanga qarshi bahs yuritdi. Maydon egalari birinchi bo‘limdayoq raqib darvozasini uch bor aniq nishonga oldi. Fahad al-Muvallad dubl qayd etgan bo‘lsa, Salim ad-Dovsari bitta gol muallifiga aylandi.
Saudiya Arabistoni — Yaman uchrashuvidagi gollar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
H guruhi yetakchisi Janubiy Koreya Turkmanistonga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Unda koreyaliklar raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi. Uchrashuvda Hvan Iy Jo dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Nam Tay Hi, Kim Yon Gvon va Kvon Chan Hon bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu guruhning yana bir o‘yinida Livan terma jamoasi Shri-Lanka ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
JCh—2022 saralashi
5-iyun, shanba
Saudiya Arabistoni — Yaman 3:0
Gollar: 1:0 – 4 Dovsari, 2:0 – 17 al-Muvallad, 3:0 – 32 al-Muvallad.Janubiy Koreya — Turkmaniston 5:0
Gollar: 1:0 – 10 Hvan Iy Jo, 2:0 – 45+2 Nam Tay Hi, 3:0 – 57 Kim Yon Gvon, 4:0 – 64 Kvon Chan Hon, 5:0 – 73 Hvan Iy Jo.Livan — Shri-Lanka 3:2
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!