“Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola Angliya Premyer Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqida musobaqaning rasmiy sayti ma’lum qildi.
Sovrin uchun Marselo Byelsa (“Lids Yunayted”), Devid Moyes (“Vest Hem”), Brendan Rojers (“Lester Siti”) va Ule-Gunnar Sulsher (“Manchester Yunayted”) kabi murabbiylarning nomzodlari qo‘yilgan edi.
Gvardiola “Manchester Siti” bilan birga 2020/21-yilgi mavsumda Angliya chempioniga aylandi. Ispaniyalik mutaxassis Angliya murabbiylari assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi
Qayd etish joiz, Gvardiola oxirgi 4 yilda uchinchi bor mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topilmoqda. Bundan avval u 2017/18 va 2018/19-yilgi mavsumlarda Angliya Premyer Ligasining eng yaxshi murabbiyiga aylangan edi.
Mavsumning eng chiroyli goli esa muallifi esa Erik Lamela bo‘ldi. Argentinalik futbolchining Angliya Premyer Ligasining 28-turida “Arsenal” darvozasiga urgan goli eng ko‘p ovoz to‘pladi.
Avvalroq Ruben Diash Angliya Premyer Ligasida mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’lon qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)