Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri va viloyatida bir necha obyektlar sotuvga qo‘yilganini ma’lum qilgandi. Ular orasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish oromgohi ham bor.

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Ommaviy savdolarga chiqarilgan yirik aktivlarning 6 tasi (DXXning sobiq markaziy binosi, “Malika” savdo majmuasi, “Ichan qal’a” mehmonxonasi, “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJ, “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ, gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi) bo‘yicha jami 16 ta taklif kelib tushgan. “Beldirsoy” va “Sijjak” dam olish maskanlariga hozircha xaridor yo‘q. Shu sababli ularni sotib olish uchun talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati 2021-yil 1-iyulgacha uzaytirildi.

Ushbu dam olish maskanida mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar bor. Oromgoh 2017-yilning 10-fevralida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan. Keyinchalik musodara qilingan ushbu hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinchalik foydalanishga berilgan edi. Ammo oxir-oqibat ushbu dam olish maskanini ommaviy savdolar orqali shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo‘yishga qaror qilindi.

Ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshootlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi. Aprel oyi boshlarida “Sijjak” dam olish oromgohining agentlik tomonidan olingan panorama suratlarini taqdim etilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi