Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Sijjak mavzesidagi “Sarbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Sijjak” dam olish maskanini ommaviy savdolar orqali shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Xabar berilishicha, agentlik tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshoatlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi. Ayni damda xususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovadan musodara qilingan Sijjak qo‘rg‘onidagi hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan 2019-yilda O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanishga berilgandi.

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan oromgoh 2017-yilning 10-fevralida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?