• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda 9 yoshli qizni o‘ldirganlikda ayblanib, viloyat sudi tomonidan oqlangan ayol ishi yuzasidan prokuratura Oliy sudga protest kiritdi

    Andijon viloyatining Asaka tumanida 2020-yilning iyunida 9 yoshli qizaloq tanasining turli joylariga pichoq tiqib o‘ldirib ketilgani, qotillikda gumonlanib 23 yoshli qo‘shni ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2021-yil 5-maydagi hukmi bilan sudlanuvchi aybsiz deb topildi va oqlangandi. Ushbu ish yuzasidan viloyat prokuraturasi Oliy sudga protest kiritdi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 21-iyun kuni Asaka tumanida 9 yoshli qizning murdasi o‘z uyida qotillik alomatlari bilan topilgan.

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan olib borilgan.

    To‘plangan dalillarga asosan dastlabki tergovda fuqaro A.X. 2020-yil 21-iyun kuni qo‘shnisi D.A. istiqomat qiladigan uyga o‘g‘rilik maqsadida kirgani va u yerdan pul olganiga guvoh bo‘lgan yosh bola Q.I.ning tanasiga bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, uni qasddan o‘ldirgani aniqlangan.

    Shuningdek, A.X. o‘g‘irlik hamda firibgarlik jinoyatlarini ham sodir etganligi o‘z isbotini topgan.

    Ayblanuvchining aybi uning ko‘rsatuvi bo‘yicha olingan ashyoviy dalil (pichoq), pichoq dastasi ichidan olingan namuna marhuma qizga tegishli ekanligi tasdiqlangan ekspertiza xulosasi, guvohlarning ko‘rsatuvlari, xususan, to‘rt nafar guvoh A.X. marhuma qizning xonadonidan yugurib chiqqanini ko‘rishgani va boshqa dalillar bilan to‘liq isbotlangan.

    Bundan tashqari, A.X. o‘z aybiga iqrorligini ham bayon qilgan. Jumladan, qo‘shnisining uyiga o‘g‘irlik maqsadida kirgani va shu qo‘shnining yosh qizi (marhuma) uni ko‘rib qolganidan qo‘rqib, uni pichoq bilan o‘ldirganligini tan olgan.

    A.X.ning iqrorlik ko‘rsatuvlari real voqelikka asoslangani va ixtiyoriy ravishda berilgani sud-psixologiya ekspertizasi xulosasi bilan tasdiqlangan.

    Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarda go‘yoki “asos” qilib ko‘rsatilayotgan “marhuma qizning zo‘rlangani” ham sud-komissiyaviy ekspertizada o‘z isbotini topmagan.

    Mavzuga doir: Asakada 9 yoshli qizni o‘ldirishda gumon qilinib, 10 oy qamoqda saqlangan ayol tergovdagi qiynoq va dalillarning soxtalashtirilgani haqida gapirdi

    Avvalroq ish dastlab 2020-yil 21-iyun kuni mazkur jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rish uchun Andijon viloyat sudiga yuborilgan.

    Biroq tergov davomida aniqlangan va isbotlangan dalil hamda vajlar sud tomonidan inobatga olinmagan, o‘ta og‘ir jinoyat harakatlariga yetarli baho berilmagan.

    Shu tariqa Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2021-yil 5-maydagi hukmi bilan A.X. faqatgina firibgarlikda, ya’ni marhuma qizning onasiga tegishli bo‘lgan tilla zanjirni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritishda aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. O‘g‘irlik, bosqinchilik va mudhish jinoyat – qotillik yuzasidan esa, u oqlangan.

    Shu bois 2021-yil 12-may kuni Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2021-yil 5-maydagi hukmiga nisbatan Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya tartibida protest keltirilgan.

    “Binobarin, Bosh prokuratura ish bo‘yicha manfaatdor taraflar va keng jamoatchilik, xususan, ommaviy axborot vositalaridan quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishni so‘raydi:

    • birinchidan, viloyat sudi tomonidan oqlangan sudlanuvchining “aybsiz” ekanligi haqida sudning yakuniy hukmi qonuniy kuchga kirmasdan turib, xulosa qilishga hali erta.
    Zotan, ish bo‘yicha sudlov jarayonlari mavjud hujjatlar, dalillar, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ayblov xulosasiga asos qilib keltirilgan boshqa jihatlarga viloyat sudi tomonidan har tomonlama munosib baho berilmaganini ko‘rsatib turibdi;
    • ikkinchidan, asosan, himoya tarafi va sudlanuvchi keng jamoatchilikka taqdim etayotgan “tafsilotlar” asosida ehtirosli xulosalarga kelish noo‘rindir.
    Zero, gap 9 yoshida vahshiylarcha qotillikning qurboni bo‘lgan qizaloqning ayanchli taqdiri uchun aybdorni so‘zsiz javobgarlikka tortish, bir norasida farzandi o‘ldirilgan oilaning iztiroblari, jazoning muqarrarligi va adolat tantanasiga bo‘lgan umidi hamda ishonchi haqida bormoqda.
    • uchinchidan, aynan sudning, aniqrog‘i, Oliy sudning yakuniy to‘xtamidan keyingina jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda tegishli munosabat bildiriladi,
    – deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

    Bundan avval Toshkentda 5 yoshli o‘g‘lini urib o‘ldirgan sport murabbiyiga sud hukmi o‘qilgani, Andijonlik ayol eri bilan janjallashib qolib, uni pichoqlab o‘ldirgani hamda Dehqonobodda o‘qituvchini pichoqlab o‘ldirgan qotillardan biri 17 yilga, yana biri 16 yil muddatga qamalgani haqida xabar berilgandi.

    29.05.2021, 18:35   Izoh (0)   39428
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari “Sputnik V”ni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga kelishib oldi

    29.05.2021, 18:15

    Namangan va Ukrainaning Xmelniskiy shahri “Birodar shaharlar” maqomiga ega bo‘ldi

    29.05.2021, 17:14

    Qozog‘istonda “SamAvto” SAZ LE60 avtobuslarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

    29.05.2021, 16:35

    “O‘zgidromet” Andijonda kuzatilgan chang bo‘ronining sabablarini ma’lum qildi

    29.05.2021, 16:13

    Ekspertiza Andijondagi 5 oylik kelin zo‘rlanmaganini ko‘rsatdi. Ayolning o‘zi ham yolg‘on ko‘rsatma berganini tan olgan

    29.05.2021, 15:10

    Toshkent viloyatida karantinga olingan 54 ta maktabda imtihon jarayonlari qoldirildi

    29.05.2021, 14:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda 2000 ta daraxtni nobud qilgan masʼul jazodan qochish uchun inspektorlarga bosim qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 8 avgust, 20:10

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55

    “Tramp Yevropaga nisbatan haqli siyosat olib boryapti” — Lukashenko

    Dunyo | 8 avgust, 19:46

    Hokimliklar xodimlari uchun oyliklar va mukofot pullari ish sifatiga qarab to‘lanadi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 19:29

    Jahon banki Tojikistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 8 avgust, 19:18

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.