• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senat Prezident Davlat xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

    29-may kuni Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni muhokama qilindi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Majlisda ushbu qonunini qabul qilish zarurati quyidagi omillar bilan asoslangan:

    Birinchidan, 2018-yilning yanvar oyida tashkil etilgan Prezident Davlat xavfsizlik xizmati faoliyati O‘zbekiston Prezidentining yopiq qarorlari bilan tartibga solingan bo‘lib, ochiq tarzdagi normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emas.

    Ikkinchidan, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati maxsus vakolatli organ hisoblanib, qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida huquqiy, tashkiliy, qo‘riqlash, rejim, tezkor-qidiruv, muhandislik-texnik va boshqa tadbirlar majmuini amalga oshiradi. Bunda Prezident davlat xavfsizlik xizmati tezkor-xizmat faoliyatining alohida jihatlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi.

    Xususan, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida qo‘riqlanuvchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab, qo‘riqlash tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda erkin harakatlanishni, qo‘riqlanuvchi shaxslarning bo‘lish obyektlari atrofida va harakatlanish yo‘nalishlarida turli xil obyektlarning qurilishi va rekonstruksiyasini, qo‘riqlanuvchi shaxslarga va ular bo‘lish obyektlarida xizmat ko‘rsatishga bevosita jalb etilgan tashkilotlarning mehnat faoliyati amalga oshirilishini va boshqa harakatlarini cheklaydi.

    Uchinchidan, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari hamda qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ va kuch ishlatuvchi tuzilmalar xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘qotar qurolni qo‘llashning aniq tartibi belgilanmagan.

    Shu munosabat bilan qonunda quyidagi masalalarni tartibga solish ko‘zda tutilgan. Xususan:

    • qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash sohasida qo‘llaniladigan umume’tirof etilgan tushunchalar va atamalar, ularning mazmunini sharhlash va to‘g‘ri qo‘llash maqsadida ushbu faoliyat turining prinsiplari;
    • qo‘riqlanishi belgilangan qo‘riqlanuvchi shaxslarning toifasi;
    • Prezident Davlat xavfsizlik xizmatining maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash sohasida boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish masalalari;
    • Prezident Davlat xavfsizlik xizmatining shaxsiy tarkibini butlash tartibi, harbiy xizmatchilarining maqomi, huquqva majburiyatlari;
    • Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan haqiqiy harbiy xizmat o‘tashning alohida jihatlari, ularga harbiy unvon berish va kasbiy tayyorgarligini tashkil etish;
    • Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining huquqiy va ijtimoiy himoyasi kafolatlari;
    • Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini xizmat guvohnomalari, jetonlar va harbiy kiyim-kechak bilan ta’minlash masalalari;
    • Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishining batafsil shartlari va tartibi;
    • Prezident Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini nazorat qilish tartibi nazarda tutilmoqda.
    Qonun O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining huquqiy asoslarini takomillashishiga, amaldagi qonun hujjatlari va yurtimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarga uyg‘unlashishiga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Prezident Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qilgandi.

    Mavzuga doir: Prezident Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

    29.05.2021, 13:13   Izoh (0)   25597
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida 6 nafar 11-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi. Ulardan 4 nafari vafot etdi

    29.05.2021, 12:35

    Video: Yakkabog‘ hokimi 311 mln so‘mga Captiva xarid qilmoqchiligini ma’lum qildi. Tuman deputati esa shu pulni muhtojlarga sarflashni taklif qildi

    29.05.2021, 12:12

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 27 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi

    29.05.2021, 11:11

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 264 kishida koronavirus aniqlandi

    29.05.2021, 10:46

    Namangandagi Xalqaro gullar festivalida kelin-kuyovning nikohi qayd etildi. Ularni xorijdan kelgan mehmonlar ham qutladi

    29.05.2021, 10:13

    Buxoroda sodir bo‘lgan YTHda 14 yoshli maktab o‘quvchisi voqea joyida halok bo‘ldi

    29.05.2021, 09:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.