Gollivudning eng uzoq davom etgan va ko‘p mablag‘ sarflangan ajrashish bilan bog‘liq jarayonlari yakuniga yetdi. 45 yashar Anjelina Joli va 57 yoshli Bred Pitt olti nafar farzandiga vasiylik qilish masalasiga nuqta qo‘ydi.

Foto: Cosmopolitan

Yulduzlarning farzandlarini tarbiya qilish huquqini talashishi naqd besh yil davom etgan bo‘lib, Joli va Pitt eng yaxshi yuristlar xizmatidan foydalanish uchun ikki milliondan ortiq mablag‘ sarflagan. Aktrisa 9 yoshli Maddoks, 17 yoshli Paks, 16 yoshli Zaxara, 14 yoshli Shaylo va shuningdek, 12 yoshli egizaklar Vivien hamda Noksga yakka o‘zi vasiylik qilish uchun kurashgan, ammo hammasi u istagandek bo‘lmagan. Sudya Jon Oderkirk bolalar bilan ishlagan mutaxassis, guvoh va psixoterapevtlarning fikrlarini tahlil qilib, sobiq er-xotinning bolalar hayotida birgalikda ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan. “Bred shunchaki bolalar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlagan va Enji buning oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgani aniq edi”, — deydi aktyorning tanishlari.

Foto: Cosmopolitan

Natijadan norozi bo‘lgan aktrisa qaror ustidan shikoyat qilmoqchi. “Uni tashvishlanishiga sabab bo‘ladigan boshqa masalalar ham bor edi. Ammo jarayon yakuniga yetdi”, — degan insayderlardan biri.

Joli sudyaning bolalar ko‘rsatmalarini qabul qilishdan bosh tortishini adolatsizlik deb hisoblagan. Avvalroq aktrisa, Bred Pitt bilan ajrashishi karyerasiga qanday ta’sir qilganini so‘zlab bergandi. Bredning qaynatasi juftlikning ajrashishiga kuyovining spirtli ichimlik bilan bog‘liq muammolari sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.