Yulduzlar faqat ijod qilish va karyera bilan band degan fikr hamisha ham to‘g‘ri emas. Ularning orasida san’at bilan mashg‘ul bo‘lishdan tashqari, xayriya ishlari bilan shug‘ullanadigan va ota-onasiz farzandlarni o‘z qaramog‘iga oladiganlari ham yo‘q emas.

Anjelina Joli va Bred Pitt

Foto: Cosmopolitan

Hatto ajrashganiga qaramay, juftlik olti nafar farzandini birgalikda katta qiladi. Bill Bobb bilan turmush qurgan vaqti Jolli Meddoksni asrab olgan. Oradan uch yil o‘tib u namibiyalik Zaharani boqib olgan. Keyingi yil esa Breddan uning birinchi biologik farzandi Shaylo dunyoga kelgan. Juftlik 2017-yilda Paksni ham farzand qilib olgan va 2008-yilda Anjelina egizaklarni dunyoga keltirgan.

Sharliz Teron

Foto: Cosmopolitan

2010-yilda aktrisa Styuart Taunsend bilan ajrashgan. 2012-yilda esa Jekson ismli o‘g‘il, 2015-yilda esa Avgust ismli qiz farzandni asrab olgan.

Sandra Ballok

Foto: Cosmopolitan

2010-yil Sandra uchun turli voqealiklarga boy bo‘lgan. “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan, farzand asrab olgan va turmush o‘rtog‘i Jessi Jeymsning xiyonatlari haqida xabar topgan. Ajrashish uchun sudga murojaat qilgan Sandra, farzandiga yakka o‘zi vasiylik qilish huquqini qo‘lga kiritgan. Qolaversa, u 2012-yilda tug‘ilgan qizni ham asrab olgan.

Tom Kruz va Nikol Kidman

Foto: Cosmopolitan

Juftlik Izabella ismli qiz va Konnor ismli o‘g‘il asrab olgan. Mashhur juftlik munosabatlariga nuqta qo‘yganidan keyin bolalar otasi bilan qolgan. Ammo Keti Xolmsga uylanganidan keyin qizi bilan o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. O‘g‘li bilan esa aksincha.

Xyu Jekman

Foto: Cosmopolitan

25 yildan buyon birga yashab kelayotgan Xyu va Deborra-Li Ferness 1996-yilda turmush qurgan. Ikki marta farzandlari tushib qolganidan keyin juftlik Oskar ismli bolakayni, oradan 5 yil o‘tib esa Ava Eliotni asrab olgan.

Ketrin Xeygl

Foto: Cosmopolitan

Ketrin va uning turmush o‘rtog‘i 2009-yilda koreyalik bolakayni, oradan 6 yil o‘tib esa Adelaida ismli qizni asrab olgan. 2016-yilga kelib esa aktrisaning o‘zi Joshua ismli farzandini dunyoga keltirgan.

Madonna

Foto: Cosmopolitan

Madonnaning to‘rt nafar farzandi bor. Ulardan ikkitasini asrab olgan. Birinchi farzandini Afrikadan olib kelish haqida hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida shu vaqtgacha ma’lum bo‘lmagan oila a’zolari paydo bo‘lib qolgan. Ammo bu xonandani qilgan qaroridan qaytara olmagan. Ikkinchi bolasini esa oradan uch yil o‘tib Malavidan asrab olgan.

Kristin Devis

Foto: Cosmopolitan

46 yoshli aktrisa Jemma ismli chaqaloqni asrab olishga chog‘langan vaqti ona bo‘lgan. 2018-yilda u Uilson ismli o‘g‘il farzandni boqib olgan.

Sheron Stoun

Foto: Cosmopolitan

Sheron birinchi farzandini Fil Bronshteyn bilan turmushi vaqti asrab olgan. Ular ajrashganidan keyin bola onasi bilan qolgan. Yulduz shundan keyin yana ikkita bola asrab olgan.

Keyt Blanshett

Foto: Cosmopolitan

Keyt va Endryu Apton turmushi vaqti uch nafar o‘g‘ilning ota-onasi bo‘lgan. 2015-yilda esa juftlik qiz chaqaloq asrab olishga qaror qilgan.

Mishel Pfayffer

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa birinchi farzandini birinchi turmushidan keyin asrab olgan. Bundan bir necha oy o‘tib Devid Kelli bilan tanishgan va juftlikning biologik farzandi dunyoga kelgan.

Evan MakGregor

Foto: Cosmopolitan

2010-yilda aktyor va uning rafiqasi Iv Mavrakis, Anuk ismli bolani boqib olgan. Ular bundan avval 2006-yilda yashar Jamiyanni ham farzand qilib olgan. Bundan tashqari esa juftlikning yana ikkita biologik farzandi bor.