• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sohibqiron Amir Temur faoliyatidagi mag‘lubiyat — Loy jangi haqida

    Musulmon va turkiy olamda eng katta imperiyalardan birini barpo etgan Amir Temur jang maydonlaridagi ulkan g‘alabalari bilan mashhur. Biroq buyuk sarkardaning faoliyatida mag‘lubiyat ham bo‘lgan. Jumladan, 1365-yil 22—23-may kunlari bo‘lib o‘tgan, sohibqironning mag‘lubiyatli yurishi — “Loy jangi” haqida “Daryo” hikoya qiladi. 

    Urushdan oldingi vaziyat

    XIV asr o‘rtalarida Chig‘atoy ulusi ikkiga (Mo‘g‘uliston va Movarounnahr) bo‘linib ketgach, uning Movarounnahr qismida ichki kurashlar kuchayib ketadi. Bundan foydalangan Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temur Movarounnahrga bostirib kirib o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Katta siyosiy maydonga endi kirib kelayotgan yosh Amir Temur uning Kesh viloyatidagi dorug‘asi (hokimi) etib tayinlanadi. Amir Temur aholi tinchligini va kuchlar notengligini hisobga olib Tug‘luq Temur xizmatiga o‘tgandi, biroq biroz o‘tib u va Tug‘luq Temurning o‘g‘li Ilyosxo‘ja o‘rtasida kelishmovchilik boshlanadi, natijada Amir Temur Movarounnahrdan quvg‘in qilinadi.

    Quvg‘inda yurganida Balx hukmdori Amir Husayn bilan tanishib qolgan Amir Temur uning singlisiga uylandi va shu orqali ular o‘rtasida ittifoq yuzaga keladi. 1362-yil Tug‘luq Temur vafot etgach ittifoqchilar Movarounnahrni ozod qilishga kirishadi, Tug‘luq Temurning o‘g‘li Ilyosxo‘ja mag‘lubiyatga uchrab Sharqiy Turkistonga chekinadi.

    1365-yil katta qo‘shin to‘plagan Ilyosxo‘ja Movarounnahrga qayta bostirib kiradi. Bundan xabar topgan Amir Temur va Amir Husaynlar unga qarshi chiqish uchun qo‘shin yig‘ib, Sirdaryo tomon lashkar tortadi. Ikki qo‘shin hozirgi Toshkent va Chinoz orasida, Sirdaryo daryosi bo‘yida to‘qnash keladi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Jangning boshlanishi

    1365-yilning 22-may kuni jang boshlandi. Amir Temur va Amir Husayn birlashgan kuchlari son jihatdan Ilyosxo‘ja qo‘shinidan ancha ko‘p edi. Qo‘shinning o‘ng qanotida Amir Husayn, juvong‘orda (chapda) esa Amir Temur lashkari joylashdi.

    Ushbu jangda Amir Temurga sarkardalar O‘ljaytu, Qutlush Salonchi orlot, Po‘lat-Bug‘u va Malik bahodirlar yordam beradi.

    22-may kuni ertalab ikkala qo‘shin bir-biriga qarshi saf tortadi. Amir Temur Qutlush Salonchi orlotga dushman chap qanotiga zarba berishni buyuradi. Ammo Salonchi orlot amir Shamsiddin boshliq mo‘g‘ul kuchlaridan yengilib ortga chekinadi. Amir Shamsiddin hujumni davom ettirib Amir Husayn qanotiga zarba beradi, Amir Husayn lashkari qarshilik ko‘rsatolmasdan chekina boshlaydi. Voqealar rivojini kuzatib turgan Amir Temur o‘zi amir Shamsiddinga qarshi yuradi va uni chekinishga majbur qiladi.  Tartibsiz chekinayotgan mo‘g‘ul qo‘shinini butunlay mag‘lub etish uchun Amir Temur Amir Husaynga odam yuborib dushman chap qanotiga hujum qilishni  va u bilan kuchlarni birlashtirishi kerakligini buyuradi. Chunki mo‘g‘ul kuchlari tartibi buzilgan, Amir Temur fursatdan foydalanib raqibni batamom tor-mor qilmoqchi edi. Ammo Amir Husayn hech qanday sababsiz Amir Temurga madadga kelmaydi. Tarixchilarning fikricha, kalondimog‘ Amir Husayn Amir Temur unga buyruq berib, o‘zining ustunligini o‘rnatmoqchi deb o‘ylab, yordamni paysalga solgan. Qolaversa amir dushman hujumidan qo‘rqib ham qolgandi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Amir Husayn qo‘shini hujumga o‘tmayotganini ko‘rgan Amir Temur noiloj chekinadi. Ilyosxo‘ja askarlari ham chekinib, qayta tartibga keltiriladi. Kechga kelib Amir Husayn qo‘shini Amir Temur qo‘shiniga kelib qo‘shiladi. Biroq qulay vaziyat boy berilgandi.

    Ertasi kuni hal qiluvchi jang boshlandi. Ba’zi manbalarga ko‘ra Ilyosxo‘ja yengilishi mumkinligini bilib qadimiy shomonlarning “yadachi” (yomg‘ir yog‘ish) marosimini o‘tkazgan.

    Osmonni bulut qoplab, qattiq sel boshlanadi. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”sida “Bisyor kishi balchiqda qoldi va zabun bo‘lg‘on dushmanlar kuchlanib, murodlari bilan qilich urib, o‘n ming kishi anda talaf bo‘ldi va bu voqea Ramazonning avvalida, torix yetti yuz oltmish oltida, yilon yilda voqi’ bo‘ldi” deya ushbu jang voqealarini tasvirlagan.

    Qattiq yomg‘irga qaramasdan Amir Temur va Amir Husayn kuchlari Ilyosxo‘ja qo‘shiniga zarba berib, ularni chekinishga majbur qiladi. Chekinayotgan dushmanni taqib qilayotib ular mo‘g‘ullar qo‘mondoni amir Shamsiddin pistirmasiga tushadi. Amir Temur unga qarshi mingta otliqni jo‘natadi, ammo son jihatdan ustun bo‘lgan amir Shamsiddin kuchlari ularni mag‘lub etdi. Bu orada chekinayotgan Ilyosxo‘ja ham qo‘shinlarini tartibga keltirib, qarshi hujumga o‘tadi. Shiddatli jang kechgacha davom etib Amir Temur va Amir Husaynning mag‘lubiyati bilan tugaydi.

    Jang, shubhasiz, Amir Husaynning taktik xatosi tufayli boy berilgandi. Birinchi kunning o‘zidayoq Amir Temur bilan birgalikda hujumga o‘tib mo‘g‘ul lashkarini butunlay tor-mor etish mumkin edi.

    Yuqoridagi sabab bilan bir qatorda mo‘g‘ullarning tajribali qo‘mondoni amir Shamsiddin harakatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Amir Temurga qaraganda ancha ko‘p muhorabalarni ko‘rgan bu sarkarda jangning yakuniy qismida burilish yasay oldi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    To‘qnashuv natijalari

    “Loy jangi”dagi mag‘lubiyatdan keyin Amir Temur Keshga chekinadi, Amir Husayn esa Balxga qaytib ketadi.

    Ilyosxo‘ja deyarli qarshiliksiz Xo‘jand va Jizzaxni egallab, Samarqandga qarab yuradi. Biroq bu yerda mo‘g‘ullarni Samarqand sarbadorlari to‘xtatib qoladi. Mo‘g‘ul lashkari otlari orasida o‘lat tarqalib Ilyosxo‘ja Sharqiy Turkistonga qaytib ketadi.

    Garchi Ilyosxo‘ja boshliq jete (mo‘g‘ul) qo‘shini Movarounnahrdan quvib chiqarilgan bo‘lsa ham, Amir Temur va qaynag‘asi Amir Husayn orasidagi munosabatlar uzildi, ular endi dushmanga aylangan edi.

    Muhammaqodir Sobirov tayyorladi

    23.05.2021, 23:37   Izoh (0)   176890
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.