Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi zapravkada “Jiguli”ning gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma’lum qilishicha, voqea 22-may kuni soat 19:20 larda ushbu avtomobilga gaz to‘ldirilayotganda yuz bergan.

Oqibatda yaqin atrofda turgan mashina haydovchisi 32 yoshli T.F. va 58 yoshli A.X. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketgandi. 22-aprelda esa Qashqadaryoda metan “zapravka”da turgan Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibati bir kishi halok bo‘lgandi.

Shuningdek, Sirdaryoda metan zapravkada turgan Damas’ning gaz balloni, Buxoroda ko‘chada harakatlanib ketayotgan “Jiguli”ning gaz balloni, Buxoroda Matiz’ning gaz balloni portlashi oqibatida mashinalarga zarar yetgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qatarda JCH-2022 uchun stadionlar qurilishiga “Tolibon” yordam bergan — Telegraph
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi