Daryo

Sirdaryoda metan zapravkada turgan Damas’ning gaz balloni portlab ketdi (foto)

Ta’kidlanishicha, hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q

1 daqiqa o‘qish114 204 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

27-mart kuni soat 08:30 larda Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi metan zapravkada turgan Damas’ning gaz balloni portlab ketdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, shaharning “Bog‘ishamol” MFY hududida joylashgan avtotransport vositalariga gaz to‘ldirish shoxobchasida to‘xtab turgan, fuqaro N.Q.ga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomobilning gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, chaqnash yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentda Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibatida uning atrofidagi 4 ta avtomobil shikastlandi

Avvalroq Buxoroda ko‘chada harakatlanib ketayotgan “Jiguli”ning gaz balloni, Buxoroda Matiz’ning gaz balloni portlashi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetgani hamda Buxoroda Nexia’ning gaz balloni portlab ketib, uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar