Dunyoning turli nuqtalarida hafta davomida kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni namoyish qilamiz.

Siao Si Ti ismli 9 oylik panda bolasi Vashingtondagi Smitson milliy bog‘idagi daraxtda yotibdi.

Foto: Getty Images

Venetsiyadagi 17-Xalqaro me’moriy ko‘rgazmasida O‘zbekistonning “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” mavzusidagi milliy pavilyonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan Saida Mirziyoyeva hamda Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ushbu xalqaro ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etmoqda.

Foto: Telegram / @SaidaMirziyoyeva

Angliyaning Harrogeyt shahridagi Buyuk Yorkshir ko‘rgazma maydonida Harrogeyt bahorgi gullar shousini targ‘ib qilish uchun suratga tushayotgan model Freya Li.

Foto: AFP

Nemis ovcharkasining 20 kunlik bolasi jurnalistlar qurshovida. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun qo‘mitaning Milliy kinologiya markaziga press-tur tashkil etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Berlindagi Martin-Gropius-Bau ko‘rgazma zalida Yayoi Kusamaning “Cheksiz muhabbat namoyishi” nomli installyatsiyasini suratga olayotgan tashrifchi.

Foto: AFP

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida lolaqizg‘aldoqlar gullagan dalada o‘tirgan it.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkda COVID-19 cheklovlari yumshatilgandan so‘ng favvora tagida hordiq chiqarayotgan erkak.

Foto: Getty Images

Namangandagi gullar festivali o‘tishi rejalashtirilgan bog‘dagi qizcha. Shaharda festivalga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Isroil harbiy raketalari hujum qilgan G‘azo shahridagi hukumat binosi olov ichida qoldi. So‘nggi 11 kun ichida raketa almashinuvi natijasida G‘azoda kamida 230 kishi, Isroilda esa 12 kishi halok bo‘ldi. 21-may kuni Isroil va HAMAS sulh tuzishga rozi bo‘lganini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Saffolk grafligidagi o‘rmonda ikki “laska” o‘zaro kurashmoqda.

Foto: Legion Media

Islandiyaning Reykyanes yarim orolidagi Fagradalsfyadl vulqonidan lava otilib chiqyapti. Shu haftada harakatga kelgan vulqon joylashgan yer maydoni sotuvga qo‘yildi.

Foto: Reuters

Isroil havo hujumidan so‘ng halok bo‘lgan 12 yoshli Rahaf al-Dayerning otasi uning jasadini G‘azodagi Al-Shifa kasalxonasida quchoqlab yig‘lamoqda.

Foto: AFP

Venetsiyada 17-Xalqaro me’moriy ko‘rgazmasining Ispaniya pavilyonidagi “Noaniq” nomli installyatsiyasi yonidan o‘tayotgan ayol.

Foto: AP Photo

Markaziy Amerikadan AQShga boshpana izlab Meksika va Texas o‘rtasidagi Rio-Grande daryosini uch o‘g‘li bilan kesib o‘tgan ayol yomg‘ir vaqtida politsiya tomonidan kuzatilib qo‘yilmoqda.

Foto: Reuters

Varshavada “Legiya” futbol klubi muxlislari jamoaning Polsha chempionatida qozongan g‘alabasini nishonlamoqda.

Foto: AP Photo

G‘azo shahrining al-Rimal mahallasida Isroilning havo hujumlari natijasida vayron qilingan binoda qidiruv-qutqaruv ishlari o‘tkazildi. Qidiruv ishlari davomida vayrona ichidan yumshoq o‘yinchoq olib chiqildi.

Foto: Getty Images

Belgraddagi Eski Sava ko‘prigi ostidagi devorga chizilgan graffiti yonidan velosipedda o‘tayotgan kishi.

Foto: AP Photo

Medelyin shahrida Kolumbiya prezidenti Ivan Duke hukumatiga qarshi miting paytida namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashdi.

Foto: AFP

Turkiyaning Kars shahrida aholini emlash uchun dala bo‘ylab ketayotgan shifokorlar.

Foto: Getty Images

AQShdagi Sietl shahrida g‘alabani nishonlayotgan beysbolchilar.

Foto: Getty Images

Janubiy Afrikadagi Kgalagadi yovvoyi tabiat qo‘riqxonasida yashovchi sherlar janjallashmoqda.

Foto: Cover-Images

Braziliyaning Amazonas shtatidagi Anama shahrida yashovchi fuqaro COVID-19’ga qarshi emlanmoqda. Ushbu hafta Solimoes daryosi o‘zanidan toshib chiqqani sabab shaharni suv bosdi.

Foto: Getty Images

G‘azoda vayronaga aylangan xarobalar oldida o‘tirgan falastinlik qizaloq.

Foto: AP Photo

Gollandiyaning Gaaga shahridagi Madurodam bog‘idagi bino maketlari orasida yurgan bog‘ xodimi.

Foto: Getty Images

“Reynjers” jamoasi muxlislari Glazgo shahridagi Jorj maydonida ligada qozonilgan g‘alabani nishonlamoqda. Stiven Jerrard boshqaruvidagi “Reynjers” 10 yil deganda Shotlandiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

Isroil artilleriya bo‘linmasi G‘azo sektoriga qarata o‘q uzmoqda.

Foto: AP Photo

Angliyaning Kambriya okrugidagi milliy bog‘da o‘tlab yurgan qo‘y.

Foto: Getty Images

Moskvada kuzatilayotgan issiq havoda favvora oldida turgan bola.

Foto: Getty Images

Braziliyadagi sirkda Real Portugal Circus jamoasining chiqishi.

Foto: AP Photo

Bolgariyada troyancha uslubni namoyish qilayotgan sportchi.

Foto: Getty Images