Italiyaning shimolidagi Janubiy Tirol hududida joylashgan Lago-di-Reziya sun’iy ko‘li ta’mirlash ishlari doirasida vaqtincha quritildi, deb yozmoqda Meduza.
Sun’iy ko‘l o‘zining markazida joylashgan XIV asrga tegishli qo‘ng‘iroq minorasi bilan mashhur hisoblanadi.
Hozir sun’iy ko‘lning pastki qismida 1950-yilda qurilgan suv ombori o‘rnidagi Kuron qishlog‘ining xarobalarini ko‘rish mumkin.
U vaqtda Kuronda bir necha yuzlab aholi yashagan, lekin hukumat yaqin atrofdagi elektr stansiyasining quvvatini oshirish maqsadida to‘g‘on qurishga qaror qilgan va qishloq hududi suv bilan to‘ldirilib, mahalliy aholi boshqa joyga ko‘chirilgan.
Qishloq tarixi asosida Netflix “Suv bosgan shahar” serialini suratga olgan. Sujetga ko‘ra, filmda qo‘ng‘iroq minorasi jarangini eshitgan odamning ajali yaqinlashayotgani tasvirlanadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)