“Lester” Angliya Premyer Ligasining 37-turida 18-may, seshanba kuni “Chelsi”ga qarshi bahs olib bordi. “Stemford Brij”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Tulkilar”ning ushbu o‘yindagi yagona goliga Kelechi Iheanacho muallif bo‘ldi. Bu orqali nigeriyalik futbolchi Premyer Liga 2020/21-yilgi mavsumida haftaning har bir kunida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunaqasi APL tarixida ilk bor kuzatildi.
“Chelsi” — “Lester” o‘yini videosharhini bu yerda ko‘rish mumkin — video.
Iheanacho Angliya chempionatining joriy mavsumida 24 o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)