Mato turidan qat’i nazar, kiyimlar uzoqroq xizmat qilishi uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish lozim. Kir yuvishda eng ko‘p uchraydigan xatolar haqida gaplashamiz.

Foto: Getty Images

Kir yuvish kukunini ko‘p miqdorda solmang

Aksariyat odamlar kukunni noto‘g‘ri ishlatishadi va talab qilinadigan miqdorning deyarli ikki barobarini solishadi. Natijada kukun matolarda yomon yuviladi, chok va burmalar ichida qoladi, yaxshi chayilmaydi. Bu kiyimlarni yaxshi yuvilishiga yordam bermasligidan tashqari kir yuvish kukuniga ortiqcha pul sarflaganingiz qoladi.

Dog‘larni ketkazish uchun qo‘shimcha kuch sarflamang

Kiyimni qancha ko‘p ishqalasangiz, teshilib qolishi mumkin. Juda kuchli yuvish va ishqalash matoni yupqalashtiradi va kiyim holatini buzadi.

Faqatgina ranglarga qarab saralamang

Kir yuvishda qorani oqdan va rangli matolardan ajratish kerak. Ammo kirlarni mato turiga qarab ajratish ham yaxshi samara beradi.

Foto: Getty Images

Kiyim ilgichlarning yaxshisini oling

Yubka va shimlar uchun g‘ijim qilmaydigan maxsus kiyim ilgichlar mavjud. Bu sizni tez-tez dazmollashdan qutqaradi, chunki dazmollagan sari mato sifati yomonlashadi. Yumshoq sviterlar uchun yostiqli yumshoq ilgichlar ham mavjud, ulardan foydalanganda jun mato osilib, yelkasi cho‘zilib ketmaydi.

Sochiqdan foydalaning

Agar qo‘lda yuvishni talab qiladigan nozik narsalarni siqishingiz kerak bo‘lsa, quruq, uni toza sochiqqa qo‘ying, uni o‘rab va astalik bilan bosing. Sochiq ortiqcha namlikni yutadi va matoda g‘ijimlar kamroq bo‘ladi. Bundan tashqari, nozik matolardan tikilgan kiyimlar o‘z shaklini yo‘qotmaydi.

Kir yuvish mashinasiga ortiqcha kir solmang

Birinchidan, bu bilan mashinaning ishlash muddatini qisqartirasiz, texnika podshipniki tezroq eskiradi. Ikkinchidan, kirlar ham o‘ralashib, kiyimlar tez yirtiladigan bo‘lib qoladi.

Foto: Getty Images

Kolgotka va golfilarni maxsus qopchada yuving

Bunday narsalarni boshqa kirlar bilan yuvish mashinada iplar qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Yuvish uchun maxsus qopchalar golfilarni teshilib qolishidan himoya qiladi. Shuningdek, chaqaloqlar paypoqlarini ham qopchada yuvish kerak. Kir yuvish mashinasi buzilishining eng ko‘p uchraydigan sababi bu baraban va mashina korpusi orasiga tiqilib qolgan bolalar paypoqlari bo‘ladi.

Kir yuvish mashinasini tozalashni unutmang

Kir yuvib bo‘lgandan keyin yoqimsiz hid paydo bo‘lishining oldini olish uchun mashinani tozalashni unutmang. Kukun solinuvchi qismini yaxshilab yuving, barabanning rezina tasmasini arting va har 4 oyda bir marta kir solmasdan to‘liq yuvish siklida ishlating.