• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan mamlakat rahbariyati, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Qonunchilik palatasi raisi Nuriddinjon Ismoilov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va boshqalar hamdardlik bildirdi. Hamdardlik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

    Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati
    Mamlakatimiz san’ati va madaniyati og‘ir judolikka uchradi. Milliy teatr san’atimiz va madaniyatimiz rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk va betakror iste’dod sohibi, atoqli rejissor, ustoz san’atkor, O‘zbekiston san’at arbobi, Xalq artisti Bahodir Tursunovich Yo‘ldoshev 2021-yil 16-may kuni 76 yoshida vafot etdi.

    ​Bahodir Yo‘ldoshev 1945-yil 7-sentabrda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent teatr va rassomchilik institutida rejissorlik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oldi.

    ​Mehnat faoliyatini O‘zbek davlat akademik drama teatri (hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatri) artisti lavozimida boshladi. O‘zining shonli an’analariga ega bo‘lgan mazkur ijodiy dargohda tez orada o‘ziga xos yorqin uslubi va ijodiy prinsiplariga ega bo‘lgan mohir rejissor sifatida shakllandi. Yigirma yetti yoshida ushbu nufuzli teatrga bosh rejissor va badiiy rahbar etib tayinlandi. O‘n uch yil davomida jamoada ishchan ijodiy muhit yaratish, teatr repertuarini zamonaviy hamda mumtoz milliy va xorijiy asarlar bilan boyitish, iqtidorli iste’dod egalarini tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shdi.

    1984—2004-yillarda Abror Hidoyatov nomidagi O‘zbek davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi.

    ​San’atni chin dildan sevgan, unga sadoqat bilan xizmat qilishni o‘z hayotining ma’no-mazmuni deb bilgan yorqin iste’dod sohibi o‘zbek rejissorlik san’atida o‘z ijodiy maktabini yaratdi.

    Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Abu Rayhon Beruniy”, “Ibn Sino”, “Iskandar”, “Nodirabegim”, “Yulduzli tunlar”, “Qora kamar”, “Farmonbibi arazladi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Maysaraning ishi”, “Checha”, “Arshin mololon” kabi o‘nlab dramatik asarlar millionlab san’at muxlislarining qalbidan chuqur joy olib, teatr san’atimizning “oltin fondi”dan o‘rin egalladi. Ushbu asarlarning aksariyat ko‘pchiligi chet ellarda ham katta muvaffaqiyat bilan namoyish etildi.

    ​Milliy teatr san’atimizni yangi g‘oya va talqinlar, betakror asarlar bilan boyitish haqida tinimsiz izlanib yashagan Bahodir Yo‘ldoshev maydon tomoshalari, ommaviy madaniy tadbirlarni sahnalashtirish bo‘yicha nafaqat respublikamiz, balki xorijiy mamlakatlarda ham e’tirof etilgan, badiiy tafakkuri nihoyatda keng, o‘z kasbining chinakam ustasi va fidoyisi bo‘lgan atoqli ijodkor edi.

    Ulkan iste’dod sohibi Bahodir Yo‘ldoshevning ijodiy faoliyati, tashkilotchilik salohiyati, ayniqsa, mustaqillik yillarida yorqin namoyon bo‘ldi. Mustaqillik va Navro‘z umumxalq bayramlari hamda yurtimiz va chet ellarda katta shuhrat qozongan “Sharq taronalari” musiqa festivalini, maqom va baxshichilik, milliy hunarmandchilik san’atlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarning badiiy dasturlarini yaratish borasida o‘zini ayamasdan, fidokorona xizmat qilganini xalqimiz, madaniy jamoatchiligimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

    Butun ongli hayotini milliy san’atimizni ravnaq toptirishga bag‘ishlagan ulug‘ san’atkor 2009-yilda “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qilib keldi. Ushbu studiya faoliyati orqali o‘nlab iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, mumtoz milliy adabiyotimiz namunalarini sahnalashtirish va targ‘ib etish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatdi.

    Bahodir Yo‘ldoshev o‘zining boy bilim va tajribasi asosida yoshlarga sahna ilmi, rejissorlik san’atining nazariy va amaliy masalalaridan saboq berish maqsadida markaziy telekanallarimiz orqali g‘oyat ibratli “Mahorat darslari”ni o‘tkazib keldi.

    Bahodir Yo‘ldoshevning milliy san’atimiz va madaniyatimizni rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U  “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonlari, “Mehnat shuhrati” , “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari  bilan mukofotlangan edi.

    ​Xalqimizning buyuk san’atkor farzandi, betakror shaxs, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Bahodir Tursunovich Yo‘ldoshevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

    ​​​Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, O.Nazarbekov, S.Saidov

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov hamda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan edi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    17.05.2021, 10:27   Izoh (0)   32465
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston xalq artisti, rejissor Bahodir Yo‘ldoshev 76 yoshida olamdan o‘tdi

    16.05.2021, 08:47

    Pikassoning “Deraza qarshisida o‘tirgan ayol” kartinasi auksionda 103 mln dollarga sotildi

    15.05.2021, 17:56

    Taniqli san’atkor Shavkat Mirzayev vafot etdi

    11.05.2021, 14:47

    Sotheby’s Benksining kartinasini sotuvga qo‘ydi. Auksion uyi birinchi bor kartinani kriptovalyutaga sotadi

    06.05.2021, 20:34

    “Peshonamga to‘pponcha tirashgan”. O‘zbek xonandalari to‘ydagi mushtumzo‘rlar haqida so‘zlab berdi (video)

    03.05.2021, 19:59

    “Ularni ko‘rib, oyog‘imning uchigacha muzlab ketganman” – Nasiba Abdullayeva afsonaviy san’atkor Botir Zokirov haqida

    27.04.2021, 11:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.