• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Ularni ko‘rib, oyog‘imning uchigacha muzlab ketganman” – Nasiba Abdullayeva afsonaviy san’atkor Botir Zokirov haqida

    O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Botir Zokirov san’ati davomchilari” respublika ko‘rik-tanlovining 25-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimidan so‘ng jurnalistlarga intervyu bergan O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ustozi Botir Zokirov bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Eshikni ochib, meni kuzatayotgan ekan”

    — 1980-yil O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va san’ati kunlari o‘tkazildi. O‘sha paytda 18 yoshda edim, Samarqand filarmoniyasida ishlardim. Meni Ozarbayjondan kelgan orkestr bilan qo‘shiq ijro etish uchun Toshkentga taklif etishdi.

    Konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtimizda, xonaning eshigi qiya ochilgan holatda kimdir meni eshitayotganini his qildim. Darrov o‘sha tomonga ko‘z yugurtirib, eshik oldida turgan odamni tanigach, oyog‘imning uchigacha muzlab ketganman rosti. Sababi buyuk san’atkor Botir Zokirov eshikni ochib, meni tinglab, kuzatayotgan ekan. Oradan shuncha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, ularning o‘sha ko‘z qarashi, o‘sha ko‘zlardagi ma’no va iliqlik haligacha yodimda.

    “U qizcha uzoqqa boradi”

    — Repetitsiya tugaganidan so‘ng biz foyeda ko‘rishib qoldik. O‘shanda ular “Tog‘ bulog‘idek toza ovozing bor ekan, ovozingni asragin. Eng muhimi, yoshgina qizcha ekansan, hozirgi ma’sumiyatingni, kamtarligingni va san’atga muhabbatingni asragin”, degan edi. Botir akamning bu so‘zlari har doim quloqlarim ostida jaranglaydi.

    Keyinchalik Botir akam ukasi Farruh akamga “Agar hech kim xalaqit bermasa, o‘zini ustida ishlashini tashlab qo‘ymasa, u qizcha san’at olamida uzoqqa boradi. O‘sha kunlarni men ko‘rarmikinman?”, degan ekan.

    Foto: myday.uz

    Foto: myday.uz

    “Ularda san’atga fidoyilik kuchli edi”

    — Botir akamning eng oxirgi marta sahnaga chiqishlarida ham birga bo‘lganmiz. 1984-yili O‘zbekiston SSSRning 60 yilligi nishonlanadigan juda katta davlat bayrami tashkil etildi. Aynan shu bayram bilan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi ochilgan va u yerda o‘tkazilgan birinchi konsert o‘sha dastur bo‘lgan.

    O‘sha paytda Botir akam juda qattiq kasal bo‘lgan. Ularda san’atga fidoyilik va mas’uliyat  shu darajada kuchli ediki, shifokorlar nazoratida reanimatsiya bo‘limidan konsertga tayyorgarlik mashg‘ulotlariga kelib-ketib yurgan. O‘sha konsertdan keyin bir oyga ham bormay, Botir akamni yo‘qotdik.

    Foto: sputniknews-uz.com

    Foto: sputniknews-uz.com

    “Muhabbatiga sazovor bo‘lganman”

    — Men erishgan yutuqlarim uchun emas, shunday insonni ham nasihatini, ham suhbatlarini olganim, ham qaysidir ma’noda muhabbatiga sazovor bo‘lganim uchun o‘zimni baxtiyor va omadli deb hisoblayman. Botir akamdan nafaqat san’at sirlarini, balki odamiylik bilan bog‘liq ko‘p narsalarni ham o‘rgandim.

    “Boshqa bir dunyoni kashf etishadi”

    — Bugungi yoshlar Botir akamning qo‘shiqlarini ijro etishdan avval faqat so‘zlari, musiqalarini emas, ularning shaxsiyatini ham o‘rganishlarini xohlardim. Agar shaxsiyatini o‘rganishga qunt qilishsa, o‘zlari uchun boshqa bir dunyoni kashf etishadi. Ustozimning joylari jannatda bo‘lsin!

    “Daryo” muxbiri Mirolim ISAJONOV yozib oldi

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda 2021-yilda Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov va Botir Zokirov yubileylari nishonlanadi
    • Farrux Zokirov: Botir akam — ijodiy vijdonim
    • Milliy kutubxonada Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    27.04.2021, 11:51   Izoh (0)   37896
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zarnigor G‘aniyeva Mirza Azizovning “Qodirxon” serialidagi ish jarayonlarini xotirladi (video)

    25.04.2021, 18:54

    Alisher Uzoqovning Dubaydagi villa+ofisiga sayohat (foto va video)

    25.04.2021, 12:48

    Alisher Uzoqov bugungi kinoning darajasi va onasini Dubayga olib ketolmagani sababi haqida yig‘lab gapirdi (video)

    24.04.2021, 20:55

    Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi (video)

    23.04.2021, 12:09

    “Sog‘-salomatman, qizim ham yaxshi”. Tojibar Azizova turmush o‘rtog‘i Mirza Azizovning vafotidan keyin ilk marta ko‘rinish berdi (video)

    22.04.2021, 22:50

    “Meni tuzukroq joyga o‘tkazishsin” – Mirza Azizovning o‘limi arafasida shifoxonadan yozgan maktubi e’lon qilindi

    22.04.2021, 21:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.