Quddus yaqinidagi Givat-Zeev manzilgohida joylashgan sinagogadagi (yahudiylar ibodatxonasi) tribuna ibodat chog‘ida qulab tushdi, deb yozadi The Times of Israel.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 219 kishi jabrlandi. Ikki kishi, shu jumladan, 12 yoshli bola halok bo‘ldi.
Isroilning KAN davlat teleradiokompaniyasi axboroti bo‘yicha, 15 kishi og‘ir ahvolda kasalxonalarga yetkazilgan. Qolganlar yengil jarohatlar olgan yoki o‘rtacha og‘ir holatda shifoxonaga olib borilgan.
KAN telekanali jurnalisti Sulaymon Ma’sud Twitter’ga joylagan videoda sinagoga tribunasining yuqori seksiyasi u yerdagi odamlar bilan birga qulashi aks etgan.
ראשוני: טריבונה קרסה בבית כנסת בגבעת זאב. הוכרז אירוע רב נפגעים. תיעוד: pic.twitter.com/YEa6j93tII
— סולימאן מסוודה سليمان مسودة (@SuleimanMas1) May 16, 2021
Hodisa yuz bergan vaqtda sinagogada jami 650 kishi bo‘lgan, deya ma’lum qildi politsiya. Ular Shavuot bayrami uchun yig‘ilgan.
Givat-Zeev meriyasi xabar qilishicha, sinagoga oxirigacha qurib bitkazilmagan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 30-aprelga o‘tar kechasi Isroil shimolidagi Meron tog‘i yaqinida Lag ba-Omer diniy festivali paytida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘lib, 100 dan ortig‘i jarohat olgan edi.